calendar 21 May 23:11
eye 58
comments 0
comments Manba: daryo

Instagram: Shahzoda Muhammedova Amerikaga ketyapti, Lola Shahzoda bilan qanday munosabatda? Kaniza yangi mashinasini ko‘rsatdi

image

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Lola sahifasi orqali muxlislarini qiziqtirgan savollariga javob berdi. Savol-javob asnosida u marhum otasining sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bilan hech qanday munosabatda emasligini aytib o‘tdi.

Foto: Instagram

Hamdam Sobirov qizalog‘i Sa’diyaga kichkina mashina olib berdi. Xonanda qizining sovg‘ani ko‘rganida qanchalik xursand bo‘lgani aks etgan video bilan bo‘lishdi.

Ayni paytda AQSHda yashayotgan aktrisa Yulduz Hamidova nevarasi bilan birga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Nashidalar kuylab, elga tanilayotgan yosh ustazoda xonanda Izzat Shukurov nikohlandi.

Shahlo Zoirova o‘z ishini sevishini aytib, yangi surati bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedova AQSHga viza olganini kuzatuvchilariga ma’lum qildi.

“Bravo” kulgi jamoasi aktyori Otabek Mirzaxolov o‘g‘liga maktabidan berilgan faxriy yorliqni ko‘rib, to‘lqinlanib ketgani haqida yozdi.

Foto: Instagram

Xonanda Dilfuza Rahimova pilla qurti parvarishi bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi.

O‘zini qo‘shiqchilikda ham sinab ko‘rayotgan Dilnoza Kubayeva “Hayot go‘zal” qo‘shig‘iga klip suratga oldirmoqda.

Foto: Instagram

Feruza Normatovaga iPhone 13 Pro Max hamda tilla taqinchoqlar sovg‘a qilishdi. Aktrisa hadya yuborgan insonga minnatdorlik bildirdi.

Fahriye Evjen Qatarda bo‘lib o‘tgan zargarlik buyumlari festivalida ishtirok etdi.

Foto: Instagram

Sardor Rahimxon “Yurak amri” xayriya fondi bir muddat faoliyatini to‘xtatishini e’lon qilgach, jamoasi bilan birgalikda Dubayga jo‘nab ketdi.

Umida Mirhamidova onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Lola qizi Aishaning beg‘ubor videosini sahifasiga joyladi.

Munisa Rizayeva Nukusga xizmatga yo‘l oldi.

Foto: Instagram

Xonanda, shuningdek, yangi qo‘shig‘ini tez kunlarda muxlislari e’tiboriga havola etishini bildirdi.

Sevara Soliyeva endilikda to‘ylarda qo‘shiq ham ijro etadi. Aktrisa bu ishga muxlislarining talab va istaklariga binoan qo‘l urganini aytadi.

Foto: Instagram

Kaniza muxlislariga bir muddat oldin xarid qilgan Jetour 70X krossoverining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
580
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri

13 May 14:39
 
758
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
607
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

17 May 21:48
 
716
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz