calendar 28 Apr 13:20
eye 70
comments 0
comments Manba: xs

Asr osha yangraydi bir kuy...

image

Foto: Illustrativ foto

“Andijon polkasi” kuyini tinglamagan, shoʻx, oʻynoqi ohangga raqs tushmagan hamyurtimiz topilmasa kerak. Oʻzbek xalqi madaniyati ifodasi sifatida koʻplab davlatlarda yangragan bu kuy yaralganiga, mana, 100-yil toʻlibdi. U oʻzbek xalq cholgʻu kuyi boʻlib, 1922-yilda andijonlik bastakor Orif garmon Toshmatov tomonidan bastalangan. Oʻsha davrlar keng tus olgan ommaviy raqs maydonlarida bu tarona takror va takror yangraydigan boʻldi. “Andijon polkasi” shu qadar mashhur boʻlib ketdiki, hatto 1957-yilga kelib shu nomdagi raqs ansambli ham tashkil topdi.

Kuy va raqsning yaratilishi

Andijon shahri markazida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻiga 1920-yillarda asos solingan boʻlib, oʻsha paytlarda ham bu manzil odamlar bilan gavjum boʻlgan. Har oqshom sayllar tashkil etilgan, kuy-qoʻshiqlar dam oluvchilarni raqsga chorlagan. «Qiziq, — oʻylab qoladi bir kuni bastakor Orifjon Toshmatov. — Nima uchun hamma xalqning raqsbop kuyi boru, bizda yoʻq?» Ana shu savol uni “Andijon polkasi”ni bastalashga undaydi. Shu tariqa 1922-yilda umrboqiy kuy yaratiladi. Tez orada ushbu kuyga raqs sahnalashtirilib, aynan mana shu bogʻdagi sahnada ommaga havola etiladi.

Nega Orif garmon?

Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi. “Andijon polkasi” kuyini bastalagan Orif Toshmatovni nima uchun “Orif garmon” deyishgan?

Bu savolga javob topish uchun Andijon shahridagi “Gumbaz” mahalla fuqarolar yigʻinining fayzli xonadonlaridan birida boʻlib, bastakorning kenja singlisi Shahodatxon aya Xudoyorova huzurida boʻldik.

Bu yil 85 yoshni qarshi olgan Shahodatxon ayaning xotirlashicha, Orifjon Toshmatov 1891-yilda tugʻilgan va oʻz davrining mohir sozandasi, aktyori va bastakori boʻlgan. 1941-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. Dutor chalishni otasi Toshmat hofizdan, garmon chalishni esa amakisi Hoji garmondan oʻrgangan. Xorazm xalq cholgʻu asbobi boʻlmish garmonni Fargʻona vodiysida keng targʻib qilgan musiqachilardan biri boʻlib, asosan garmonda ijod qilgan. Mana shu cholgʻu asbobi orqali «Abdurahmonbegi», “Munojot”, “Orom”, «Andijon polkasi», “Tanovar”, “Dilxiroj” va boshqa oʻzbek kuylarini, «Nasrulloyi», “Bayot”, “Buzruk”, “Navo” singari maqom yoʻllarini nafislik bilan ijro etgan.

Kavkazda “Andijon polkasi” nomli restoran qanday paydo boʻlgandi?

Orif garmon Toshmatovning nabirasi Saidaxon Xudoyorovaning hikoya qilishicha, 1930-yilda andijonlik bir yigit Kavkazda safarda boʻladi. Mavridi kelganda “Andijon polkasi” haqida gapirib, davradagilarni qiziqtirib qoʻyadi. Shunda mezbonlar undan shu kuyni xirgoyi qilib berishlarini soʻraydi. Kayfiyat baxsh etuvchi ohangga mahliyo boʻlib qolgan safdagilar shu zahoti qoʻllariga soz olib, joʻr boʻladilar. Qarabsizki, “Andijon polkasi” oʻzga musiqa cholgʻu asboblari orqali yangicha talqinda yangraydi. Kuy juda tez fursatda oʻsha manzillarda ham ommalashib ketadi. Davralarda uning ijrosidagi kuyga raqs tushish odat tusiga kira boshlaydi. Kavkazda “Andijon polkasi” ilk bor yangragan restoranning ham nomi “Andijon polkasi”ga oʻzgartirilgan.

Avlodlarga bebaho meros

Umrboqiy asarlar asrlar davomida mangu yashaydi. “Andijon polkasi” ham uzoq yillar davomida ana shu umrboqiylik maqomini oʻzida mujassam etib kelmoqda. Biror kun, tadbir, tantana yoʻqki, u yangramagan boʻlsa...

“Andijon polkasi”, ayniqsa, andijonliklar uchun oʻzgacha faxr tuygʻusini baxsh etadi. Har yili viloyat hokimligi tashabbusi bilan ushbu kuyga ijro etilgan raqs tadbirlari tashkillashtiriladi. Boshiga doʻppi, egniga oppoq yaktak kiyib, beliga belbogʻ bogʻlagancha xirom aylagan yoshlarni koʻrganimizda xalqimizning ul madaniy merosi avlodlar osha bardavom boʻlishiga ishonchimiz ortadi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
42
0
xs.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Cho

21 Apr 08:33
 
39
0
xs.uz

Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha issiq suvsiz qoladi

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel va may oylarida 'Toshkent Issiqlik Markazi' tashabbusi bilan amalga oshiriladigan issiqlik manbalarini rejalashtirilgan profilaktik oʻchirishlar jadvalida oʻzgarishlar kiritilgan.Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.Koʻrsatilgan dav

04 Apr 16:18
 
38
0
xs.uz

Buxoroda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” toʻrt jildligi taqdimoti oʻtkazildi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro davlat universitetida 'Alisher Navoiy ensiklopediyasi' toʻrt jildligi hamda zahmatkash olim Ibrohim Haqqulning 'Navoiyga qaytish ' 5', 'Mushohada yogʻdusi ' 3', 'Soʻzboshi: irfon va ishonch' kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda adabiyotshunos olim va tadqiqotchilar, talaba yoshlar, sheʼriyat ixlosmandlari ishtirok etdi.Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek tilini rivojlantirish

16 Apr 09:11
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?

2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh