Saksofon chalish, qushlar ovoziga taqlid qilish, to‘qish: Gollivud yulduzlarining sevimli mashg‘ulotlari

Har qanday odam kundalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda dam olish va stressdan xalos bo‘lish yo‘lini qidiradi, mashhurlar ham bundan mustasno emas.
Jennifer Garner saksofon chaladi
Foto: AdMe
“13 dan 30 gacha” filmi yulduzi maktab yillaridan beri saksofon chaladi. Bir marta u orkestr formasini kiyib, Riz Uizerspunni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun “Happy Birthday” kuyini chalib bergan.
Pirs Brosnan rasm chizadi
Foto: AdMe
Pirs Brosnan 16 yoshida rasm chizishga qiziqib qolgan, hatto grafik dizayner bo‘lishni xohlagan. Uning aytishicha, birinchi xotini vafot etganda aynan sevimli mashg‘uloti yordamida o‘zini qo‘lga olgan.
Kara Delevin to‘qiydi
Foto: AdMe
Podiumga navbati kelguncha Kara Delevin bajonidil yangi mashg‘uloti bilan shug‘ullanadi. Model va aktrisa modalar ko‘rgazmasida sahna ortida to‘qiyotgan suratini ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rdi.
Jonni Depp Barbi qo‘g‘irchoqlarini kolleksiya qiladi
Foto: AdMe
Bu qiziqishning kelib chiqishi aktyorning qizi bilan Barbi o‘ynagan vaqtlari bilan bog‘liq. Ammo keyinchalik qizi qo‘g‘irchoqlarga qiziqmay qolganda Depp ulardan ajralishni xohlamadi: ular ajoyib xotiralar bilan bog‘liq edi. Hozirda uning Barbi’lari shunchalik ko‘pki, ularga alohida xona kerak.
Keti Perri boshqa mashhurlarning sochlarini yig‘adi
Foto: AdMe
Keti Perri boshqa mashhurlarning sochlarini kolleksiya qilishini aytgan. Masalan, Teylor Svift va Mayli Sayrus kabi. Eng hayratlanarlisi shundaki, u mashg‘uloti g‘alati ekanini tushunadi, lekin baribir buni ajoyib deb hisoblaydi.
Teylor Svift qorli sharchalar yasaydi
Foto: AdMe
Teylor Svift qorli sharchalar yasashni yaxshi ko‘radi. “Lover” klipidagi qorli sharchani ham o‘zi yasagan.
Mayk Tayson kaptar boqadi
Foto: AdMe
Mayk Tayson bolaligidan kaptarlarni yaxshi ko‘rardi, hozir esa uning mingdan ortiq qushlari bor. Taysonning aytishicha, kabutarlar bizga ko‘p narsalarni o‘rgatadi.
Kendall Jenner qushlarning ovoziga taqlid qiladi
Foto: AdMe
Bu shunchaki sevimli mashg‘ulot emas, balki haqiqiy iste’doddir: Kendall Jenner qushlarning tovushlariga shunchalik hayratlanarli tarzda taqlid qiladiki, atrofingizni qushlar galasi o‘rab olgan deb o‘ylashingiz mumkin.
Beyonse asalarichilik bilan shug‘ullanadi
Foto: AdMe
Beyonse kuchli allergiyaga chalingan qiziga yordam berishi mumkin bo‘lgan asal uchun asalari boqishni boshladi. Ammo tez orada bu uning sevimli mashg‘ulotiga aylandi. Hozir uning 80 mingga yaqin asalarisi va 2 ta uyasi bor.
Tom Xenks eski yozuv mashinkalarini yig‘adi
Foto: AdMe
Tom ularni mashhur bo‘lishidan oldin yig‘ishni boshlagan. Hozir uning kolleksiyasida 120 ga yaqin yozuv mashinkasi bor.
Klaudiya Shiffer hasharotlarni kolleksiya qiladi
Foto: AdMe
Mashhur modelning kolleksiya qilishini eshitganimizda, sumkalar, kiyim-kechak, aksessuarlar va boshqalar deb o‘ylagan edik. Ammo bular Klaudiyaga taalluqli emas. U hasharotlarni, xususan, o‘rgimchaklarni kolleksiya qiladi.
Nikolas Keyj qasrlar va dinozavrlarning bosh suyaklarini yig‘adi
Foto: AdMe
Keyj pulni o‘ylamay sarflashi oqibatida qasrlar va hatto dinozavrning bosh suyagini sotib olgan. U bu borada Leonardo Di Kaprioni ham ortda qoldirdi, biroq oxir-oqibat bosh suyakni Mo‘g‘ulistonga qaytarishga majbur bo‘ldi.
Mila Kunis videoo‘yinlar o‘ynaydi
Foto: AdMe
Mila videoo‘yinlarni, ayniqsa Call of Duty va World of Warcraft o‘ynashni yaxshi ko‘radi. U hatto World of Warcraft’dagi bir nechta gildiyalarning a’zosi bo‘lgan. Muxlisi uning ovozidan tanib qolganida esa gildiyalardan birini tark etishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga doir:
- Qo‘g‘irchoq yig‘adi, kubik-rubik teradi va samolyot boshqaradi: Jahon kinosi yulduzlarining qanday sevimli mashg‘ulotlari bor?
- Madonna, Teylor Svift va boshqa yulduzlar bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi (foto)
- To‘qish, pazandachilik va kompyuter o‘yinlari: Gollivud yulduzlarining sevimli mashg‘ulotlari
“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi
Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni
БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС
Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст
Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT
Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi
“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi
Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q