calendar 15 Mar 03:41
eye 44
comments 0
comments Manba: sof

Bugungi kundagi ob-havo sharoiti qishloq xo'jaligi ekinlariga salbiy taʻsir ko'rsatishi mumkinmi?

image

14 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qishloq xo'jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xodjayeva ishtirokida yog'ingarchilikning qishloq xo'jaligi ekinlariga taʻsiri haqida brifing bo'lib o'tdi.

O'zgidrometeorologiya maʻlumotlarga ko'ra, mart oyining ilk o'n besh kunligida ketma - ket yog'ingarchiliklar bo'lishi hisobiga Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 12-15 mm, Farg'ona vodiysi viloyatlarida 18-20 mm, respublikaning qolgan hududlarida 20-40 mm, tog'li va tog'oldi hududlarda 50-60 mm dan ortiqroq yog'ingarchilik kuzatildi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xodjayevaning maʻlum qilishicha, mart oyining birinchi o'n besh kunligida tuproqning 10 sm chuqurligida harorat o'rtacha 7 daraja iliqni ko'rsatdi. Yaʻni, ertalab soat 5 da 6 daraja, kech soat 17 da 8 darajaga teng bo'lgan. Bundan tashqari tinimsiz yog'gan yomg'ir qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlariga ham taʻsir ko'rsatdi.

Boshoqli don yetishtirishda:

- yog'ingarchilik miqdorining ko'p bo'lishi o'simlikka berilgan azotli, fosforli va kaliyli mineral o'g'itlarning to'liq o'simlik tomonidan o'zlashtirilishi hamda tuproqda namlik zahirasi to'planishi;

- parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlari hamda lalmikor hududlardagi qishloq xo'jaligi ekinlarining o'sishi va rivojlanishi;

- tuproqda namlikning yetarli bo'lishi va havo haroratining past bo'lishi, boshoqli don ekinlarining qo'shimcha poya hosil qilishiga sabab bo'ladi.

Shuningdek, tuproqning haydov qatlami namga to'yinadi, g'alla maydonlarining har gektariga bir marta sug'orish uchun sarflanadigan 750-900 metr kub suv iqtisod qilinadi. Buning hisobiga suv omborlariga yillik isteʻmol uchun suv zahiralari yig'iladi.

Bugungi kundagi ob-havo sharoiti qishloq xo'jaligi ekinlariga salbiy taʻsir ko'rsatishi mumkinmi?

G'alla maydonlarida erta bahorgi azotli o'g'itlar bilan oziqlantirilgan bo'lsa rivoji tezlashadi, ammo ozuqa yetarli bo'lmagan maydonlarda g'alla nihollarining rivoji susayadi hamda unib o'sishga quvvat yetmaganidan sarg'ayib ketish extimoli mavjud.

Erta bahorda havoning nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo'lib, o'rtacha kunlik havo harorati 7-15 daraja iliq bo'lganda, sariq zang kasalligi, agar ushbu namlikda o'rtacha kunlik havo harorati 15-25 daraja bo'lganda esa qo'ng'ir zang kasalligi keng tarqalishiga sharoit yaratiladi.

Seryog'in kelgan yillarda g'allazorlarda zamburug'li kasalliklar (sariq va qo'ng'ir zang, un shudring, septarioz, ildiz chirish) keng tarqalishi ko'p yillik tajribalarda kuzatilgan.

Erta bahordagi yetarli namlik va nisbatan issiq ob-havo g'allazorlarda begona o'tlarning jadal rivojlanishiga olib keladi.

Tinimsiz yog'ingarchilikning kuzatilganda boshoqli don yetishtirishda qanday choralar ko'rilishi zarur?

G'alla maydonlarida sug'orishni tartibga solish lozim. Agarda sug'orishga eʻtiborsizlik qilinadigan bo'lsa, dala sharoitida namlik yuqori bo'lib, g'alla maydonlarida zamburug'li kasalliklar va turli xil begona o'tlarning rivojlanishiga imkon yaratiladi.

Sizot suvlari yaqin joylashgan hamda havoning nisbiy namligi yuqori bo'lgan hududlarda kasalliklarning oldini olish uchun doimiy kuzatuv ishlari olib boriladi.

Respublika hududlarida bugungi kun sharoitida, g'allachilikdagi zararni oldini olish maqsadida zang va boshqa kasalliklarga, begona o'tlarga hamda zararkunanda hashoratlarga qarshi kimyoviy kurashish uchun 1,5-2 marta to'liq ishlov berishga yetarli kimyoviy vositalar zahirasi yaratilgan. Dalaga chiqish imkoniyati bo'lishi bilan g'alla maydonlarida to'liq profilaktik ishlov berish ishlari amalga oshiriladi.

Chigit yetishtirishdagi taʻsiri va ko'riladigan choralar:

Mart oyida ob-havo seryog'in kelganda chigit ekish ishlari qanday tashkil etiladi?

Tuproqda namlikning meʻyordan ko'p to'planishi chigit ekiladigan maydonlarda tuproqning namlik rejimiga ijobiy taʻsir ko'rsatadi. Ayniqsa, chigit ekish uchun kuzda shudgor qilib qo'yilgan maydonlarda yerda namlik zahirasi oshib, chigitni tuproqning tabiiy namligida undirib olish imkonini beradi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 440 ming gektardan ortiq sho'ri yuviladigan paxta maydonlarida bahorgi yog'in-sochin suvlaridan sho'r yuvish ishlarida foydalanish yaxshi samara beradi.

Bunda, tuproqning mexanik tarkibi va yerlarning sho'rlanish darajasidan kelib chiqib, sho'r yuvish uchun olingan pollar yomg'ir va sel suvlari bilan to'lib, qariyib bir martagacha sho'r yuvish uchun sarflanadigan daryo suvlarini tejalishiga erishiladi.

Bundan tashqari, respublika bo'yicha 332 ming gektar pushta olib, nam suvi berib chigit ekiladigan Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Jizzax, Farg'ona, Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarida kuzda va erta bahorda olib qo'yilgan pushtalar yomg'ir suvi bilan to'lib, tabiiy namlik zahirasi yaratiladi.

Lekin, ketma-ket yog'in yog'ishi hisobiga bahorgi dalada bajariladigan agrotexnik tadbirlar yer tekislash, pushta olish, pushtani sug'orish, ekish oldi yerga ishlov berish (boronalash) va ekish ishlarini maqbul muddatlardan kechikadi.

- bunday paytlarda chigit ekishda dehqon va fermerlar, ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan olim va mutaxassislar tavsiyalariga hamda ilg'or tajribalariga tayangan holda ishlarni tashkil qilishlari kerak bo'ladi;

- paxta-to'qimachilik klasterlari va fermer xo'jaliklari rahbarlari ushbu yog'ingarchiliklardan keyin har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib chigit ekishga yer tayyorlash va chigit ekishni optimal muddatlarda hamda sifatli o'tkazishga alohida eʻtibor qaratishlari lozim;

- bahorning iliq kunlarida chigit ekish ishlari bir kunga kechiktirilsa tuproqning 1 sm dagi namligi, agar 3-4 kunga kechiktirilsa 3-4 sm qatlamidagi namlik ko'tarilib (bug'lanib) ketadi.

Bog' va tokzorlarga taʻsiri va ko'riladigan choralar:

Mevali bog' va daraxtlar hamda tokzorlarga yog'ingarchilikning taʻsiri qanday?

Respulikamizda barcha toifa xo'jaliklarida jami 337 ming gektar bog'lar va 182 ming gektar uzumzorlar mavjud. Tinimsiz har kuni yog'ayotgan yomg'ir bugungi kunda gullash fazasiga kirgan o'rik, shaftoli, bodom bog'lari hosildorligiga zarar yetkazmaydi. Faqat changlanish muddatini sekinlashtirishi mumkin. Qolgan mevali bog'larimiz bugungi kunda gullash fazasida emasligi sababli zarari kuzatilmaydi.

Foydali tomoni oxirgi 2020- 2021 yilda yangi barpo etilgan 88 ming gektar mevali bog'lar va 75 ming gektar uzumzorlarga tuproqdagi namlik hisobiga ildiz tizimi yaxshi rivojlanishiga katta foydasi bor. Ayniqsa lalmi yerlarda parvarishlanayotgan bog'larning yer osti suvlarining zahirasi taʻminlanadi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
34
0
xs.uz

Vengriya kompaniyalari Surxondaryoda 37 million yevroga teng boʻlgan loyihalarni amalga oshiradi

Shu kunlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Vengriya davlatida boʻlib turibdi.Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xabariga koʻra, tashrifning birinchi kuni Vengriyaning qator kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi. Ularning yakunlariga koʻra, Vengriya kompaniyalari bilan Surxondaryoda baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 million yevroga teng boʻlgan yangi loyihalarni amalga os

14 Mar 07:23
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston oʻzining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin

Hujjatga koʻra, tomonlar Oʻzbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda iqtisodiy oʻsish va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishda hamkorlik qiladi.Oʻzaro hamkorlik, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, CBDC (Central Bank Digital Currency) va aktivlarni tokenizatsiya qilish texnologiyalarini joriy etish, blokcheyn va kripto-aktivlar texnologiyalari sohasida a

11 Apr 13:55
 
27
0
postda.uz

Konditsioner o‘g‘rilari ushlandi

Jizzax shahrining "Mirzo Ulug‘bek" mahallasida yashovchi I.K. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, “Bunyodkor” mahallasida joylashgan korxonadan qiymati 12 ming 600 AQSh dollari bo‘lgan 21 dona konditsioner o‘g‘irlanganligini bildirgan. MChJ rahbarining arizasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Sharof Rashidov tumanining “Qahramon” mahallasida yashovchi E.U. hamda “Uchtepa” mahallasida istiqomat qiluvch

07 Mar 20:07
 
34
0
postda.uz

ID-KARTALAR BERILDI

Ammog‘on – Shahrisabz tumani markazidan qariyb 60 kilometr masofada joylashgan qishloq. Yaqinda uzoq tog‘li qishloqda yashovchi fuqarolar va yoshlarga qulaylik yaratish, ularga shaxsini tasdiqlovchi ID-karta rasmiylashtirib berish maqsadida tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari qishloqqa ko‘chma mobil qurilma bilan borishdi. – Shu kuni tuman IIB M va FRB inspektori, kichik serjant Muhriddin Rahimov hududda joylashgan 69-maktabning 50 nafarga y