calendar 07 Mar 20:07
eye 92
comments 0
comments Manba: postda.uz

ID-KARTALAR BERILDI

image

Ammog‘on – Shahrisabz tumani markazidan qariyb 60 kilometr masofada joylashgan qishloq. Yaqinda uzoq tog‘li qishloqda yashovchi fuqarolar va yoshlarga qulaylik yaratish, ularga shaxsini tasdiqlovchi ID-karta rasmiylashtirib berish maqsadida tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari qishloqqa ko‘chma mobil qurilma bilan borishdi. 

– Shu kuni tuman IIB M va FRB inspektori, kichik serjant Muhriddin Rahimov hududda joylashgan 69-maktabning 50 nafarga yaqin o‘quvchilariga va 5 nafar nogironligi bor fuqaroga rasmiylashtirilgan ID-kartalarni topshirdi, – deydi bo‘linma boshlig‘i, mayor Choriyor Mahmudov. – Shu kuni yana 40 nafar fuqaroning biometrik ma'lumotlari olinib, bazaga kiritildi. Ma'lumotlar tasdiqlansa, ularga ham shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qishloqqa olib borib, tarqatiladi. 

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, ilm-fan va sport sohasida yuksak cho‘qqilarni egallashi, vatanparvarlik ruhida tarbiya olib, yurt taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishi lozimligi borasida targ‘ibot ishlari ham olib borildi. 

O‘z muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
163
0
xs.uz

“100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj

Ayni kunlarda Namangan viloyatida 64-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtmoqda. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi vodiy viloyatlariga'qilgan xizmat safari chogʻida gullar shahrida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda boʻldi.Joriy yilning 25-may kunidan 29-iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu Xalqaro festivalda Namangan shahridagi bogʻ va xiyobonlar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilib, mehmonlarga mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari be

04 Jun 02:44
 
118
0
xs.uz

Oʻzbekiston Buyuk Britaniya bilan JST boʻyicha muzokaralarni yakunladi

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov'maʼlum qildi.Oʻrunovning qayd etishicha, kelishuv oʻtgan oy oxirida Londonda boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasi boʻlib, ichki tasdiqlash tartib-qoidalaridan oʻtgan. Uni imzolash 12-iyun kuni Jenevada Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishi d

31 May 08:50
 
33
0
xs.uz

Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat

04 Jun 02:44
 
120
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.