calendar 13 Dec 17:10
eye 35
comments 0
comments Manba: daryo

Time jurnali Ilon Maskni “Yil odami” deb e’lon qildi

image

Amerikaning Time jurnali muharrirlari “Yil odami – 2021” uchun o‘z tanlovini e’lon qildi. Ular SpaceX va Tesla kompaniyasining rahbari, dunyodagi eng boy odam Ilon Maskni ushbu e’tirofga loyiq deb topdi. Tanlov translyatsiyasi nashrning YouTube kanalida berilgan.

Foto: Time

Time’da ta’kidlanishicha, Mask boshqaradigan mashinani uning o‘zi yaratgan, bu mashinaga haydovchining deyarli keragi yo‘q. Shuningdek, “birgina barmoq silkish bilan” u fond bozoriga va Mars haqidagi orzularga ta’sir o‘tkazishi mumkin.

“Bu odam Yer sayyorasidagi, kelajakda, ehtimol, undan tashqaridagi hayotga favqulodda ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim o‘zgarishining ekzistensial inqirozidan, tengsizlik muammolaridan tortib yangi imkoniyatlar chegaralargacha — hech kim bu yilgi mavzularni 2021-yil odami Ilon Maskdan yaxshiroq o‘zida mujassam etmagan”, — deya e’lon qildi jurnalning bosh muharriri Edvard Felzental.

2021-yilda Mask tarixda boyligi 300 milliard dollardan oshgan ilk milliarderga aylandi.

1927-yildan beri har yili Time “Yil odami”ni e’lon qiladi.

Jurnal talqini bo‘yicha Barak Obama (2012-yil), Rim Papasi Fransisk (2013), Ebola bilan kurashuvchilar (2014), Angela Merkel (2015), Donald Tramp (2016), ta’qiblar haqida xabar bergan odamlar (2017), “haqiqatni himoya qiluvchi” jurnalistlar (2018), Greta Tunberg (2019), Jo Bayden va Kamala Xarris (2020) ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Avvalroq Time jurnali tomonidan o‘quvchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 24 foiz ovoz bilan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru yil odami deb topilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

18 Apr 11:08
 
31
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq