calendar 30 Nov 18:20
eye 286
comments 0
comments Manba: zamin

Tadbirkorlikni uddalay olmagan o'zbek shou-biznesi vakillari (foto)

image
Xorij shou-biznes vakillari orasida o'z brendiga ega mashhur insonlar nihoyatda ko'p. O'zbek sanʻatkorlari orasida ham tadbirkorlik bilan shug'ullanadiganlar oz emas. Aslida, tadbirkorlik ham murakkab soha, bu borada hammaga ham omad kulib boqavermaydi.

Manzura

Xonanda Manzura opasi Nigina bilan birgalikda «Manzura» liboslar butigi faoliyatini yo'lga qo'ygandi. U liboslar dizayni va ularning reklamalari ustida ishlab, maxsus fotosessiyalar ham o'tkazgandi. Ayniqsa, turk fotografi Tayfun bilan Bali orolida o'tkazilgan maxsus fotosessiyasi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgandi.

Kaniza

Foto: Facebook / @Kaniza
Kaniza shou-biznesga qadam qo'ymasdan avval tadbirkorlik faoliyatini boshlagandi. U otasining ko'magi bilan «Kaniza» oqshom liboslari saloni va atelyesini ishga tushirgan. Afsuski, uning biznesi uzoqqa bormadi.

Ozoda Nursaidova

Foto: Facebook / Ozoda Nursaidova
Xonanda Ozoda Nursaidova 2015 yilda «Ozoda» nomli parfyum ishlab chiqarishni boshlagandi. Afsuski, shov-shuv bo'lgan parfyum haqida hozircha hyech qanday gap-so'z yo'q.

Sitora Alimjonova

Foto: Instagram / @sitora_alimjanova
Aktrisa Sitora Alimjonova bir necha yil avval go'zallik saloni faoliyatini yo'lga qo'ygandi. Afsuski, bu faoliyat ko'p o'tmay yakunlandi.

Asal Shodiyeva

Foto: Instagram / @asalшodiеva
Aktrisa Asal Shodiyeva «Miel» brendiga asos solib, ayollar va bolalar liboslarini ishlab chiqarishni boshlagandi. Maʻlumotlarga ko'ra, internet-do'koni faoliyati vaqtincha to'xtatilgan.

Rayhon

Foto: Instagram / @rayhon_ganieva
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhon G'aniyeva o'z brendidagi svitshotlarni ishlab chiqarishni boshlagandi. Mazkur liboslarning o'ziga xosligi shundaki, ularga xonandaning suratlari va qo'shiq nomlari tushirilgan. Afsuski, bu biznes unchalik muvaffaqiyatli bo'lmadi. Shundan so'ng u turmush o'rtog'i Farhod Alimov bilan birgalikda o'rdak fermasi ochdi.

Aziza Yoqubova

Foto: Instagram / @ravza_яsmin
Aktrisa Aziza Yoqubova ham qizining ismiga monand «Rovza Yasmin» internet-do'konini tashkil qilgandi. Keyinchalik ijaraga do'kon olib, uning tantanali ochilish marosimini o'tkazdi. Ayollar va bolalar kiyim-kechaklari sotiladigan do'kon bir oydan so'ng yopildi.

Bloger va aktrisa Xonzoda

Foto: Instagram / @xanna__official
Aktrisa Xonzoda «Xanna» nomi ostida ayollar kiyim do'koni faoliyatini yo'lga qo'ygandi. Afsuski, oradan ikki oy o'tmay Xonzoda do'kon yopilishini va kiyimlar arzon narxda sotilishini maʻlum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
41
0
postda.uz

«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

22 Mar 08:55
 
69
0
xs.uz

“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”

21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun* * *Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.Xayolim osmonday yorishdi yana,Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.Shoshqin daryolarning zangordir labi,Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,Qaytmagani

20 Mar 12:50
 
31
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла