Green Card 2023 lotereyasiga arizalar qabuli boshlanmoqda

AQSh Davlat departamenti 2023 yilgi Green Card lotereyasiga onlayn ro'yxatdan o'tish boshlanayoganini maʻlum qildi.
Arizalarni qabul qilish 6 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi va 9 noyabr kuni soat 21:00 gacha davom etadi. 2023 yilda 55 mingta Green Card (Diversity Visas (DVs) tortiladi.
Ro'yxatdan o'tish davrida bir nechta ariza topshirgan shaxslar diskvalifikatsiya qilinadi.
Ishtirok etish uchun ariza topshiriladigan rasmiy sayt.
Eslatib o'tamiz, yillik DV dasturi AQShga qonuniy migratsiyasi past bo'lgan mamlakatlardan 55 ming kishiga Amerika Qo'shma Shtatlarida doimiy yashash uchun viza olish huquqini beradi. Viza lotereyasi g'oliblarini tanlash kompyuterda yaratilgan dastur orqali amalga oshiriladi.
DV-2023 uchun ariza topshirish bo'yicha ko'rsatmalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *
Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi
5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti