calendar 17 Sep 05:40
eye 39
comments 0
comments Manba: sof

Toshkent viloyati hokimligi mulozimlari tadbirkorlik bilan shug'ullanishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimligi mulozimlari biznesi haqida materiallar eʻlon qilindi. Xabarlar yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyat hokimligida ishlaydigan bir qator yuqori lavozimli amaldorlar MChJlarda taʻsischi sifatida ishtirok etgan.

Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro'yxati to'g'risida»gi 103-son qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslar ro'yxati belgilab berilgan.

Bundan tashqari, O'zbekistonning «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonunning 3-moddasida tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga tarif berilgan. Unga ko'ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati subʻyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat tushuniladi.

Bu bilan qonunda bevosita faoliyat bilan shug'ullanish nazarda tutilmoqda. Bu qonun hujjatining qo'llanilishi bo'yicha O'zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 2021 yil 9 iyulda mahalliy nashrlarning biriga bergan intervyusida ham «Amaldagi qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatchilari yakka tartibda tadbirkorlik qila olmaydi xolos, lekin, masalan, MChJ taʻsischisi bo'lishga haqli», – degan.

«Bugungi kunda amalda bo'lgan qonun hujjatlari bo'yicha xabarlarda ro'yxati keltirilgan MChJlar bilan Toshkent viloyat hokimligi o'rtasida shartnomaviy munosabatlarga kirishilmagani yoki manfaatlar to'qnashuvi holatlari yuzasidan harakatlar amalga oshirilmaganini maʻlum qilamiz», – deyiladi hokimlik xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

12 Apr 21:16
 
30
0
xs.uz

Toshkent suv diplomatiyasi boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkentda 'Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yoʻlida ishonch, muloqot va koʻp tomonlama hamkorlik' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, ushbu tadbir Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi va 'TIQXMMI' Milliy tadqiqot universiteti hamda 'Fridrix Ebert' nomidagi jamgʻarma

04 Apr 16:19
 
38
0
xs.uz

Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi

Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent

20 Mar 12:50
 
46
0
postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu