calendar 30 Jun 12:50
eye 22
comments 0
comments Manba: mahalladosh

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

image

So'nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada kuchaytirish, jumladan, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash holatlariga mutlaqo yo'l qo'ymaslik maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, qiynoqqa solishning barvaqt oldini olish, u bilan bog'liq murojaatlarni tezkor ravishda xolisona ko'rib chiqish, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini muntazam amalga oshirish bo'yicha samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish ishlarini davom ettirish lozim.

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo'mitalari tavsiyalarini hisobga olgan holda qiynoqqa solishning oldini olish bo'yicha milliy preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʻminlash maqsadida:

1. Quyidagilar qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash (keyingi o'rinlarda &ndaш; qiynoqqa solish) holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar etib belgilansin:

qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini xalqaro huquqning inson huquqlari sohasidagi umumeʻtirof etilgan printsiplari va normalariga muvofiqlashtirish;

harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar tomonidan inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarga yuborilgan murojaatlarning muassasa maʻmuriyati tomonidan ko'zdan kechirilmasligini hamda qabul qiluvchiga zudlik bilan yuborilishini qatʻiy taʻminlash;

qiynoqqa solish holatlari to'g'risidagi murojaatlarning tezkor va xolisona ko'rib chiqilishi hamda aybdor shaxslarning muqarrar javobgarlikka tortilishi mexanizmini takomillashtirish;

qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko'rsatilishini hamda ularga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinishini taʻminlash;

qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish hamda ularning davlat organlari bilan samarali hamkorligini taʻminlash;

qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha faoliyat natijalari to'g'risidagi maʻlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish;

qiynoqqa solishning oldini olish borasida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning milliy institutlari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish.

2. Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazning quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʻqullansin:

a) Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) (keyingi o'rinlarda &ndaш; Ombudsman) huzuridagi ekspert guruhi negizida Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha jamoatchilik guruhlarini (keyingi o'rinlarda &ndaш; Jamoatchilik guruhlari) tashkil etish va ularning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalarida (keyingi o'rinlarda &ndaш; harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar) qiynoqqa solishning oldini olish bo'yicha monitoring tashriflarini muntazam ravishda amalga oshirish;

harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlash shart-sharoitlarini o'rganish va ular yuzasidan axborotlarni jamoatchilikka eʻlon qilib borish;

qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish bo'yicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish;

qiynoqqa solish holatlari to'g'risidagi murojaatlarni ko'rib chiqishda ishtirok etish;

qiynoqqa solish holatlarini ekspertlik baholash masalalari bo'yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko'rsatilishida ishtirok etish;

qiynoqqa solish xavfining oldini olish hamda bu sohada ilg'or xorijiy tajribani joriy qilish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish;

b) Jamoatchilik guruhlari tarkibiga Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz ekspertlari, tibbiyot xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini jalb qilish va bunda ularning monitoring tashriflarini amalga oshirish uchun kasbiy malakasi va amaliy bilimlarga ega bo'lishini hamda gender tengligi taʻminlanishini hisobga olish;

v) Ombudsman tomonidan har yili 15 martga qadar Oliy Majlis palatalariga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat hamda jazo turlarini qo'llash holatlarining oldini olish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʻruzani taqdim etish va uni ommaviy axborot vositalarida eʻlon qilish amaliyotini yo'lga qo'yish.

3. Belgilansinki:

harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarning maʻmuriyati Jamoatchilik guruhlariga harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashishi hamda suhbatlashishi, shuningdek, tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʻminlaydi;

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarning maʻmuriyati Jamoatchilik guruhlarining faoliyatini amalga oshirishiga ko'maklashadi;

Jamoatchilik guruhlari aʻzolarining xavfsizligini taʻminlash monitoring tashriflari o'tkaziladigan muassasa maʻmuriyati zimmasiga yuklatiladi;

Jamoatchilik guruhlari aʻzolari qonunchilikka zid harakat qilgan taqdirda monitoring tashriflari o'tkazilayotgan muassasa maʻmuriyati rahbari bu haqida Ombudsmanni yozma ravishda xabardor qiladi.

4. Quyidagilar:

a) harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaxslarning yagona elektron reyestrini yuritish amaliyoti yo'lga qo'yilsin.

Bunda, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxsni qabul qilishga asos bo'lgan hujjat nusxasi va ushbu shaxs haqidagi maʻlumotlar shaxs harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan vaqtdan boshlab ularning maʻmuriyati tomonidan darhol yagona elektron reyestrga kiritib boriladi va sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Ombudsman uchun mazkur maʻlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Ichki ishlar vazirligi 2021 yil 1 dekabrga qadar harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaxslarning yagona elektron reyestrini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va samarali yo'lga qo'yilishini taʻminlasin;

b) harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar tomonidan qiynoqlar bo'yicha amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali murojaat qilish amaliyoti takomillashtirilsin.

Ichki ishlar vazirligi 2021 yil 1 noyabrga qadar mazkur masalani nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

5. Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz:

Ombudsman va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda BMTning “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llashga qarshi Konventsiyasi Fakultativ protokoli”ga (Nyu-York, 2002 yil 18 dekabr) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi masalasi bo'yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda qiynoqqa solishdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etish choralarini ko'rsin.

6. Bosh prokuratura, Ombudsman, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz 2021 yil 1 dekabrga qadar Jinoyat kodeksida qiynoqqa solish uchun javobgarlik belgilovchi normalarni BMTning “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llashga qarshi Konventsiyasi” (Nyu-York, 1984 yil 10 dekabr) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli o'zgartish va qo'shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.

7. Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati qiynoqqa solish holatlari bo'yicha, jumladan, Jamoatchilik guruhlari tomonidan aniqlangan har qanday qonun buzilishi holatlari yuzasidan zudlik bilan qonuniy choralar ko'rilishini taʻminlasin.

8. Oliy Majlis palatalariga:

Jamoatchilik guruhlarini shakllantirish, faoliyatini tashkil qilish va monitoring o'tkazish tartibini nazarda tutuvchi qonun hujjatlarini qabul qilish;

Ombudsmanning qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha ish faoliyati ko'lami ortishini inobatga olib, Ombudsman Kotibiyati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini qayta ko'rib chiqish tavsiya etilsin.

9. O'zbekiston Milliy axborot agentligi O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirilishini, Jamoatchilik guruhlari faoliyati va monitoring tashriflari muntazam yoritilishini taʻminlasin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                                                   Sh.MIRZIYoEV

Toshkent shahri,

2021 yil 26 iyun


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
45
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg