Foto: El Universal
Pokiston fuqarolari O'zbekistonga turistik viza orqali kirib, Toshkent ko'chalarida tilanchilik qilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Ular odatda odamlardan uyga qaytib ketish uchun pul so'rashmoqda.
«Bu Kun» dasturi muxbirining xabar berishicha, Facebook’dagi «Potribitel» guruhi aʻzolari sobiq Rossiya mehmonxonasi, Chorsu va Mirobod bozorlarida tilanchilar ko'paygani haqida xabar berishmoqda.
Taʻkidlanishicha, pokistonliklar yakka va oila bo'lib yurishmoqda. Ular ingliz va o'zbek tilida so'zlashib, «50 ming so'm ber» jumlasini yodlab olishgan.
«Hammasi bir xil 50 ming so'm so'rayapti. Agar kimdur pul bersa 100 ming so'm so'rashga o'tgan. 20 ming so'm berilganda esa xo'mrayib olmoqda», deydi muxbir.
Ayrim tilanchilar ko'chalarda, ayrimlari esa ofis va do'konlarga kirishmoqda. Poytaxt aholisi ular bilan ingliz va urdu tillarida suhbat qilishmoqda.
«Aytishlaricha, samolyot orqali ketish qimmat. Shu sababdan Termizgacha ketish uchun pul to'plashmoqda. U yerdan Afg'oniston orqali Pokistongacha yetib olishmoqchi. Pokistonliklarning aytishicha, ular Toshkentga turistik viza bilan pul ishlash uchun kelgan. Ehson qilgan fuqarolarning aytishicha, pokistonliklar hozirga qadar Parijga yetib oladigan pulni yig'ib bo'lgan», deydi muxbir.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston qonunchiligida tilanchilik uchun javobgarlik belgilangan. Maʻmuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 188-1-moddasiga ko'ra, jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so'rab, tilanchilik bilan shug'ullanish bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga maʻmuriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi. "Zamin" yangiliklarini "Odnoklassniki"da kuzatib boring
Bu yil kichik va oʻrta biznes loyihalari infratuzilmasi uchun 1,5 trln soʻm ajratiladi
'Hokimlar yerlarni tanlashda, eng avvalo, kengayish istagida yurgan, loyihasi tayyor tadbirkorlar soʻragan joylarni auksionga chiqarishi zarur', dedi Prezident.Masalan, Yunusoboddagi 'Mingboyev robotiks' korxonasi nogironligi borlar uchun protez va ekzo-skeletlar yasab, 100 ga yaqin odamni faol ijtimoiy hayotga qaytargan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun nogironligi boʻlgan odamlar bemalol kirib-chiqishi uchun qulay joy soʻragan.Bunday yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirk
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir
Mahkumlar koʻnglida ham yaratuvchanlik yashaydi
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Ozodlikdan mahrum etish mahkum uchun jazo ' ayni chogʻda jamiyatning maʼlum muddatda uni tarbiyalash hamda toʻgʻri yoʻlga qaytarishdek ustuvor maqsadi yoʻlidagi vosita. Shu nuqtayi nazardan soʻnggi yillarda mahkumlarning tikanli sim ortidagi hayoti mazmunan boyitilib, barcha tadbirlar gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish tamoyillariga asoslanmoqda. Jazoni liberallashtirish hamda uni oʻtashning shaffoflashtirilishi ham shu kabi m
Andijonda quvib oʻtish qoidasini buzgan “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida quvib oʻtish qoidasini buzgan 'Nexia-3' qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasiga borib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea kecha, 12-aprel kuni Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlning 413 kilometrida yuz bergan. Andijon-Shahrixon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan 'Nexia-3' rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oʻzi