O'zbekistonda bola puli va boshqa ijtimoiy nafaqa pullarini olish tartibi o'zgardi

AOKAda 8 aprel kuni bo'lib o'tgan brifingda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva O'zbekistonda bola puli va boshqa ijtimoiy nafaqa pullarini olish tartibi o'zgargani haqida maʻlumot berdi.
Taʻkidlanishicha, 5 mart kuni Vazirlar Mahkamasining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan, kam taʻminlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to'lash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangan.
Unga ko'ra, 2021 yil 1 apreldan boshlab 14 yoshgacha bo'lgan bolalari bor oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to'lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam taʻminlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo'yicha qo'shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiya tayinlash va to'lash «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlanadi.
«Bu toifa ijtimoiy yordam mablag'larini tayinlash va to'lash mahalla idoralarining xizmat vazifasidan chiqarilgan bo'lsa-da, ayrim fuqarolarimiz mahalla xodimlarining bu boradagi eʻtiborsizligidan shikoyat qilishmoqda», — dedi xodima.
Qaror asosida tasdiqlangan nizom talablariga ko'ra, bola puli va boshqa ijtimoiy nafaqa pullarini olish istagida bo'lgan fuqarolar o'zi yashab turgan fuqarolar yig'iniga murojaat qiladi. Shuningdek, pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limi boshlig'ining nomiga ariza yozadi. Ushbu ariza unga ilova tarzida belgilangan qo'shimcha hujjatlarni fuqarolar yig'iniga taqdim etadi.
Uning so'zlariga ko'ra, zarur hujjatlar fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga fuqaro ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istagan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etilishi kerak.
Belgilangan hujjatlar to'liq taqdim etilmagan holatda, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi xodimlari ariza beruvchiga qo'shimcha ravishda qanday hujjat kerakligini maʻlum qiladi. Fuqarolar yig'ini arizachi tomonidan taqdim etilgan maʻlumotlarning ishonchliligini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda har besh kunda kamida bir marotaba, biroq ariza berilgan oyning 19-sanasiga qadar tuman (shahar) Pensiya jamg'armasiga taqdim etadi.
Shu bilan birga, kam taʻminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pullarini tayinlash va to'lash borasida mahalla xodimlarining vakolati shu yerda tugaydi va keyingi jarayon tuman (shahar) Pensiya jamg'armasi tomonidan olib boriladi.
Maʻlumot o'rnida, ariza beruvchining murojaati rad etilsa, bu haqda arizachiga rad etish sabablari aniq ko'rsatilgan SMS-xabarlar yuboriladi.
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin
Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi
Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi