calendar 02 Apr 08:20
eye 25
comments 0
comments Manba: zamin

Qalbaki aktsiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan uddaburon fosh etildi

image
Alkogol mahsulotlarini noqonuniy aylanmasiga chek qo'yish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor maʻlumotlarga asosan, viloyat IIB va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida sifatsiz alkogol mahsulotlarini fuqarolarga sotib kelayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o'tkazildi.

Urganch tumanida o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro O.A shartli xaridorga bir xil raqamli aktsiz markalar bilan qadoqlangan, 0,45 litrlik hajmdagi jami 444 shisha umumiy qiymati 9 324 000 so'mlik 199,8 litr aroq mahsulotlarini sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to'xtatib qolindi.

O'tkazilgan surishtiruv harakatlari davomida ashyoviy dalil sifatida olingan aroq mahsulotlari qopqog'iga yopishtirilgan markalar "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasi (DIЧB) tomonidan tayyorlanmaganligi, aksincha ushbu aktsiz markalar rangli printerda tayyorlanib, qalbakilashtirilganligi maʻlum bo'ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176–moddasi 1–qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Qamchiq dovonida Equinox yonib ketdi

 “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Equinox rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea bugun, 24 iyul kuni soat 12:55 da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 254.6-kilometri qismi “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida sodir bo‘lgan.  Harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli avtotranspor

03 Sep 21:34
 
14
0
xs.uz

Rossiya 45 nafar oʻzbekistonlik migrantni deportatsiya qiladi

Moskva yaqinidagi Pushkino shahrida 'Ozon' omborida oʻtkazilgan reyddan soʻng 120 nafar noqonuniy migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Ularning 45 nafari oʻzbekistonlik, deb xabar bermoqda 'Царьград'.Qayd etilishicha, politsiya joriy yilning 11-iyul kuni hujjatlarni tekshirish uchun bozor omboriga borganda 120 nafar ishchi Rossiyada noqonuniy boʻlib turgani maʼlum boʻlgan.Aniqlanishicha, migrantlarning 45 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib chiqqan, 29 nafari Tojikistondan, qo

08 Sep 16:44
 
8
0
xs.uz

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistondagi suv havzalarida tartib oʻrnatmoqchi

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatdagi suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishiladi. Bu haqda 'Lex.uz' xabar berdi.Qayd etilishicha, 2025-yilning 1-mayidan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻr

19 Aug 07:04
 
21
0
xs.uz

Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi

'Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga koʻra quyidagilar tasdiqlandi:Respublikaning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.Davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kr