calendar 01 Apr 19:20
eye 26
comments 0
comments Manba: zamin

Bojxonachilar giyohvandlik vositalarini yashash xonadonida noqonuniy saqlayotgan shaxsni fosh etishdi

image
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash va realizatsiya qilinishiga qarshi kurashish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Farg'ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor maʻlumot asosida Qo'shtepa tumanida tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro X.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko'zdan kechirilganida, xonadondagi gilam ostida va mebel ichiga tsellofan paketga o'rab joylangan yashil rangli hamda o'tkir hidli 87 gramm "marixuana" giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
2
0
xs.uz

Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari oshiriladi

Xalq deputatlari poytaxt Kengashining 12-sentyabrdagi qarorida keltirilishicha, 'Veolia Energy' tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun quyida taklif etilgan narxlar maʼqullandi:Yangi tariflarning amalga kiritilish sanasi maʼlum qilinmagan.Qayd etilishicha, shahar aholisi bazaviy tarifning 14 foizini toʻlaydi, qolgani shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.

26 Jul 10:20
 
43
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

08 Sep 16:44
 
16
0
xs.uz

Jizzaxda soxta bankirga ishongan ayol 20 mln soʻmga chuv tushdi

Jizzaxda oʻzganing nomiga 20 million soʻm onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi M.S. (ayol) ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etgani aniqlangan.Manbaga koʻra

20 Sep 00:21
 
2
0
xs.uz

Soxta havola orqali oʻzganing pullarini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi

Qoraqalpogʻistonda Telegramʼga soxta havola joylab, shu orqali oʻzganing pullarini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida yashovchi Y.M. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 16 mln 410 ming soʻm nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganini maʼlum qilgan.Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpogʻistonda y