calendar 28 Feb 07:20
eye 392
comments 0
comments Manba: zamin

Turkiyaga ko'chib ketgan o'zbekistonlik mashhurlar (foto)

image
So'nggi yillarda o'zbek sanʻatining ko'plab taniqli vakillari dunyoning turli mamlakatlariga ko'chib ketmoqda. Asosan, Amerika, Turkiya va Rossiyada karyerasini davom ettirish maqsadida yo'l olayotgan mashhurlarning barchasi ham musofir yurtda ijod bilan shug'ullanayotgani yo'q. «Daryo» nashri ayni paytda Turkiyada yashayotgan o'zbekistonlik mashhurlar haqida material tayyorladi.

«Opa-singillar» orqali yanada tanilgan Kamola Arslonova
«Kelgindi qaynona», «Sevginator-2», «Kirakash», «Opa-singillar» kabi o'nlab film va seriallardagi rollari orqali tanilgan serqirra ijodkor Kamola Arslonova yetti yildan buyon Turkiyada yashaydi. Diyora taxallusi bilan ham ijod qilib, o'nlab qo'shiqlar ijro etgan aktrisa 2014 yilning dekabr oyida turkiyalik Mesut ismli tadbirkorga turmushga chiqqan.

Foto: «Daryo»
Ayni paytda Izmir shahrida oilasi bilan baxtli hayot kechirayotgan Kamola Arslonova uch yoshli qizi Axsenning tabriyasi bilan band.

Foto: Kamola Arslonovaning shaxsiy arxividan
«Haligacha O'zbekiston fuqarosiman»
2000 yillar o'zbek pop musiqasining eng oldi namoyandalaridan biri bo'lgan, o'z vaqtida «Bir qiz bor», «Yonimda qol», «Yolg'izman» kabi qo'shiqlari bilan muxlislar qalbiga kirib borgan Rustam Mahmudov Turkiyaga ko'chib ketganiga o'n yildan oshdi.

Foto: «Daryo»
«Istanbulga 2005 yili o'zbek estrada xonandasi Ozoda Nursaidovaning bir loyihasi sabab kelganmiz. Bu yerdagi sanʻatkorlar, mutaxassislar men qilgan musiqiy aranjirovkani yaxshi baholashdi va elektron manzillarimni olib qolishdi. Toshkentga qaytganimizdan so'ng maʻlum vaqt o'tib, hamkorlik qilish uchun Turkiyaga kichik-kichik loyihalarga taklif qilishdi. Ularning raʻyini qaytarmaslik hamda musiqiy bilimlarimni yanada mustahkamlash, aranjirovka borasida mahoratimni oshirish maqsadida Istanbulga keldim. Vaqt o'tgan sari Turkiyaga ko'nikdim, menga yaqinroqdek tuyuldi va shu mamlakatda qolib ketdim. Ammo haligacha O'zbekiston fuqarosiman. Tug'ilgan yurtimga har ikki yilda bir boraman», — deydi u.

Foto: Rustam Mahmudovning shaxsiy arxividan
2020 yil Turkiyaning eng yaxshi aranjirovchilari o'ntaligiga kirgan Rustam Mahmudov Istanbulda faqat sanʻat bilan shug'ullanadi, daromadi shu sohadan.

Turkiyadan uy xarid qilgan Sarvara
«Olmacha», «Muhabbat», «Uvolim bor» kabi qo'shiqlari bilan yosh-u keksaga yaxshi tanish xonanda Sarvara ayni paytda Turkiya poytaxtida yashab, faoliyat yurityapti. 2018 yildan beri musofir yurtda istiqomat qilayotgan qo'shiqchi 2020 yilning bahorida Istanbuldan uy xarid qildi.

Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan
«O'n ikki yashar qizim Muslimaxon ham men bilan birga yashaydi. O'zbekistonda ‘zapret’ga tushmaganman, men uchun barcha o'zbek tele va radiokanal eshiklari hamisha ochiq. Hamon O'zbekiston fuqarosiman. Turkiya fuqaroligini olish istagim umuman yo'q. Ona yurtimga tez-tez borib kelaman, to'y xizmatlariga ko'p taklif etishadi», — deydi Sarvara.

Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan
«Anora»dagi Fotima Vohidova
2007 yili suratga olingan «Anora» filmidagi roli hamda «Bir kelib keting qishlog'imizga» kinosidagi epizodik ijrosi orqali tomoshabinlar yodida qolgan aktrisa Fotima Vohidova hozirda oilasi bilan Istanbul shahrida yashaydi.

Foto: m.kino-teatr.ru
O'zbek Milliy akademik teatrida 3 yil, Muqimiy teatrida 7 yil faoliyat yuritgan Fotima Vohidova 2017 yilda turkiyalik Niyozi Shahin ismli yigitga turmushga chiqqan. U bugungi kunda asosiy vaqtini qizi Sumayya Simay tarbiyasiga ajratgan.

Foto: ЁuTube
Turk yigitiga rafiqa bo'lgan Nargiza Salmonova
«Taqdirlar», «O Maryam, Maryam», «Farhod va Shirin» kabi o'nlab kino va kliplardagi betakror rollari orqali tanilgan aktrisa Nargiza Salmonova ham bugungi kunda Turkiyada hayot kechirmoqda.

Foto: «Daryo»
U 2018 yilda Emrah Sayan ismli turk yigiti bilan oila qurgan. Ularning nikoh to'yi Istanbul shahrida joylashgan Bosfor dengizidagi kemada bo'lib o'tgan.

Foto: Nargiza Salmonovaning shaxsiy arxividan
«Zamon» mashhur qilgan Dilnoza Saidova
«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion-tahliliy dasturi orqali el nazariga tushgan teleboshlovchi Dilnoza Saidova 2019 yilda Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqan. Ijodiy faoliyatida tanaffus eʻlon qilgan Dilnoza Saidova hozirda Turkiyada yashaydi.

Foto: Dilnoza Saidovaning shaxsiy arxividan

Foto: Dilnoza Saidova hamkasbi, teleboshlovchi Jahongir Olimov bilan

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
41
0
postda.uz

«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

22 Mar 08:55
 
69
0
xs.uz

“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”

21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun* * *Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.Xayolim osmonday yorishdi yana,Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.Shoshqin daryolarning zangordir labi,Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,Qaytmagani

20 Mar 12:50
 
31
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла