5 nafar vakilimiz Tokio Gran-Prisining dastlabki kunida sovrinli oʻrinlar uchun tatamiga chiqadi


Bugun para dzyudo boʻyicha Tokio Gran-Prisi start oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida 5 nafar hamyurtimiz sovrinli oʻrinlar uchun bahs olib boradigan boʻldi:
Erkaklar
J2 -60 kg Kamron Nurilloyev – final
J2 -60 kg Sherzod Namozov – 3-oʻrin
J2 -73 kg Feruz Sayidov – 3-oʻrin
Ayollar
J2 -57 kg Kumush Xodjayeva – final
J2 -48 kg Lobar Hurramova – 3-oʻrin uchun
Eslatib oʻtamiz, final bellashuvlari bugun Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da boshlanadi.
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi
Milliy olimpiya qo'mitasi xabariga ko'ra, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo'lga kiritishdi.Bronza medal:Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)Marjona Saydullayeva (1500 metr).
Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi
Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.
Suv polosi: O‘zbekiston qizlar jamoasi Osiyoda uchinchi!
Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi 'B' guruhida Xitoy Taypeyi, Singapur va Qozog'iston jamoalariga qarshi bahs olib borgan bo'lsa, 'A' guruhida Eron, Malayziya, Xitoy va Shri-Lanka vakillari bellashdi.Olti kun davom etgan qizg'in bahslarda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 5-o'rin bilan kifoyalangan bo'lsa, qizlar jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, g'oliblik uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.Yakuniy natijalarga ko'ra, O'zbekiston qizlar jamoasi bronza medaliga sazovor b