Olti kun davom etgan qizg'in bahslarda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 5-o'rin bilan kifoyalangan bo'lsa, qizlar jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, g'oliblik uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, O'zbekiston qizlar jamoasi bronza medaliga sazovor bo'ldi. Musobaqada Xitoy jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Qozog'iston vakillari kumush medal bilan taqdirlandi.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi
Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.
Dzyudochilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi
Poytaxtimiz mezbonligida oʻtayotgan dzyudo boʻyicha 'Katta Dubulgʻa' turnirining ikkinchi kun ortda qoldi. Bugun dzyudochilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi. Kumush medal:-81 kg: Arslon Tojiyev-70 kg: Xurshida RazzoqberdiyevaBronza medal: -73 kg: Shahram AhadovFoto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'