calendar 03 Dec 14:29
eye 138
comments 0
comments Manba: xs

Qilichbozlik: yigitlarimiz oltin, qizlarimiz esa bronza medali sohibiga aylandi

image

Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, ushbu turnirda yigitlarimiz oltin, qizlarimiz esa bronza medali sohibiga aylanishdi.

Yigitlarimiz yarim finalda BAA, finalda Slovakiya jamoalarini magʻlubiyatga uchratishga erishishdi. Qizlarimiz esa final ostonasida Ruminiyaga imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun bahsda Qozogʻiston jamoasini dogʻda qoldirdilar.

Yigitlar:
Oʻzbekiston (oltin)
Slovakiya (kumush)
Qozogʻiston (bronza)

Qizlar:
Ruminiya (oltin)
Moldova (kumush)
Oʻzbekiston (bronza). 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
34
0
postda.uz

G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar

04 Apr 16:20
 
43
0
xs.uz

“Osiyo futbolining darajasini ortiqcha baholamaslik kerak” — Qozogʻiston bosh murabbiyi Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqishga yaqinligi haqida gapirdi

Qozogʻiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ali Aliyev Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionati yoʻllanmasiga yaqinlashgani borasida oʻz fikrlarini bildirdi.'U sportnews.kzga bergan intervyusida'Markaziy Osiyo terma jamoalari saralashdagi ishtirokiga toʻxtalib oʻtdi.Aliyev Lixtenshteyn ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida qatnashib, mintaqadagi jamoalarning uslubi va natijalari haqida gapirar ekan Markaziy Osiyo davlatlarining mundialga bo

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

20 Mar 12:50
 
58
0
postda.uz

KUBOK KUCHLILARGA NASIB ETDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlari harbiy xizmatchilari o'rtasida futbol bo'yicha “Qo'shin kubogi” musobaqasi o'tkazildi.Navoiy shahridagi “Kimyogar” o'yingohida tashkil etilgan mazkur bahslarda 9 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib borishdi.Qizg'in va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 7536-harbiy qism jamoasi shohsupaning yuqori pog'onasidan joy olib, kubok sohibiga aylangan bo'lsa, keyingi o'rinlar 7533 va 7534-harbiy qism futbolchilariga nasib etdi.G'o