Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademiyasi maydonida turnirning guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari boshlandi. Musobaqa startidan oldin viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Inomov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tiladi.
Turnirning birinchi kunida Buxoro viloyati IIB terma jamoasi bilan Farg‘ona viloyati IIB terma jamoasi bellashdi. Bellashuvda 2:0 hisobida Buxoro viloyati IIB terma jamoasi g‘olib bo‘ldi. Surxondaryo viloyati IIB terma jamoasi hamdaTransport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti terma jamoasi o‘rtasidagi bahs esa 2:2 hisobiga durang qayd etildi.
R.RAJABOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI
Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada oʻtkazilishi maʼlum qilindi
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy Telegram kanali.Unga koʻra, ushbu jang tashkil qilinishi uchun 4-may tongida Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha nomaʼlum boʻlgan raqibi ustidan gʻalaba qozonishlari talab qilinadi.'Naoya Inoue
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar