
Maʼlumki, farzandlar taʼminoti, yaʼni sudning qarori bilan voyaga yetmaganlarga aliment toʻlanishi majburiyatdir. Ammo, ayrim qarzdor otalar bunga “panja orasidan qarashadi” ki buni aslo oqlab boʻlmaydi. Shu boisdan ham aliment bilan bogʻliq hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar hamda “mahallabay” undiruvlar olib borilmoqda.
Ayni jarayonda farzandi moddiy taʼminotini taʼminlamay, yashirinib yurganlarni qidirib topishga ham toʻgʻri kelyapti. Xususan, bunday shaxslarni topish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻbasi inspektorlari tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Kuni kecha olib borilgan navbatdagi tadbir davomida chustlik qarzdor ota topilib, unga nisbatan uzoq vaqtdan beri aliment toʻlamagani uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Aniqlanishicha, R.Q ga fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining qaroriga koʻra ikki nafar farzandi uchun to voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan. Biroq, qarzdor turli bahonalar bilan belgilangan mablagʻni toʻlamay kelgani uchun joriy yilning aprel oyida oʻn besh sutkalik maʼmuriy qamoqni oʻtab chiqqan. Bundan ham tegishli xulosa qilmay yana farzandlari taʼminotidan boʻyin tovlagani yetmaganday, jamoatchilikdan yashirinib yuradi. Olingan maʼlumotlarga koʻra, qidiruvdagi shaxs Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yurgan chogʻida tadbir davomida ushlanib, Chust tumaniga olib kelindi. Oʻtkazilgan suhbat mobaynida qarzdorlik salkam 15 million soʻmga yetgani, uni bartaraf etish tushuntirildi. Biroq, yana masʼuliyatni his etmadi va unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
— Umuman olganda joriy yilning oʻtgan davrida Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan 284 nafar qarzdorlarning 176 nafari topildi, — deydi inspektor Yoqubjon Dolimov. — Ularning 35 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, 58 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Olib borilgan profilaktik va tushuntirishlardan soʻng 320 mln. soʻm qarzdorlik undirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh
Samarqandda turizm qishloqlari koʻpaymoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Bulungʻur tumanida 19 ta arxeologik, 6 ta arxitektura madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, sayyohlar diqqatini tortadigan ushbu joylar turizm maskaniga aylantirilmoqda. Tumandagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi, Sheroz qalʼa yodgorligi joylashgan 'Erganakli' mahalla fuqarolar yigʻini ham tabarruk manzillardan hisoblanadi. Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohiga olib boruvchi 5,5 kilometr yoʻl taʼmirlanib, 6,5 kilometr ichimlik suvi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki 40 mln dollarlik grant shartnomasini tuzdi
Ushbu tadbir taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan boʻlib, uning ilk kunidayoq Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.Bundan tashqari, 'Global Partnership for Education''tomonidan ham taʼlim sohasini rivojlantirishga doir grant shartnomasi tuzildi. Loyiha Oʻzbekiston boʻylab 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi, maktablarni
“Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Forumda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududuy boshqamasi boshlig'i To'ychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.'Dual ta'limda Germaniya tajribasi', 'Dual ta'limni tashkil etishda korxonalarning o'rni', 'Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta'lim muassasalari integratsiyasi', 'Farg'ona viloyat