Evropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlariga viza rejimini yumshatishi mumkin

Evropa Parlamenti Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida viza rejimini yumshatish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda 28 noyabr kuni qabul qilingan Parlament hisobotiga tayanib, Europen Interest nashri yozmoqda.
"Hisobotda Markaziy Osiyo davlatlarining EI bilan vizani liberallashtirish bo'yicha muloqotni boshlashga tayyor ekani qayd etilib, Komissiya ushbu hukumatlar uchun viza rejimini soddalashtirish va qayta qabul qilish bo'yicha kelishuvlarga yo'l ochish uchun keng qamrovli islohot yo'l xaritalari ustida ishlashni faollashtirishga chaqiradi", deya iqtibos keltirgan nashr.
Qayd etilishicha, bu mintaqa davlatlari bilan aloqalarning mustahkamlanishiga olib keladi.
"Evropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan munosabatlarni mustahkamlash vaqti keldi. Mintaqa geosiyosiy jihatdan muhim, Markaziy Osiyo davlatlari Evropa bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor va bizning hamkorligimiz har ikki tomon uchun ham manfaat keltiradi. Munosabatlarimiz asosi demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat bo'lishi kerak", deya bu haqda maʻruza qilgan Evropa Parlamenti aʻzosi Karsten Lucke.
Maʻlumot uchun: Parlament barcha Evropa Ittifoqini Rossiyaning zaiflashganidan foydalanib, Markaziy Osiyo bilan munosabatlarni rivojlantirishga chaqirgan edi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSh Evropa Ittifoqidan O'zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun viza nazoratini kuchaytirishni talab qilgan edi.
AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)
Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada
“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича