Baxshitepada hamma ish bilan band. Qanday qilib?

Gap Toyloq tumanidagi shu nomli mahalla haqida bormoqda. Bu yerda 5 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Mahalla "Ipak yo'li" xalqaro turizm markazi, "Boqiy shahar" majmuasi hamda viloyatning nufuzli ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududda joylashganligi, shuningdek, bu yerda tadbirkorlik, hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug'ullanish imkoniyatlari yaxshi ekanligi uchun ham aholi yaxshi hayot kechiradi.
Parrandachilik va asalarichilik mahallamizning drayveri hisoblanadi, - deydi mahalladagi hokim yordamchisi Farrux Hamdamov. – Bu yerga ishga kelganimga 3 oy bo'ldi. Odamlari samimiy, ishbilarmon, mehnasevar ekan. Shu qisqa vaqt ichida 16 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilishida ko'maklashdim. Ular qandolatchilik, tikuvchilik, maishiy xizmat ko'rsatish va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shug'ullanmoqda. Bu mahallada boqimandalik kayfiyatidagi fuqarolarning yo'qligi meni xursand qildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlar orasida nogironligi bo'lgan fuqarolar ham bor.
Shu mahallada yashovchi, eshitishida nuqsoni bor fuqaro Qodirjon Muxtorov sog'lom qishloqdoshlaridan qolishmasdan, ro'zg'origa qo'shimcha daromad keltirish maqsadida tinim bilmay mehnat qilib kelyapti. U ilgari eski mashinasida yo'lovchi tashish bilan shug'ullanganini va bu yaxshi natija bermaganligini tushuntirdi. Keyingi paytlarda mahalla faollari ko'magi bilan Samarqand shahridagi "Monomarkaz"da o'qib, etikdo'zlikni o'rganganidan, shuningdek, subsidiya asosida do'kon qurib berilganidan xursand.
Mahallada ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanayotgan korxonalar soni ham kun sayin ortib boryapti.
- Shu paytgacha ishsiz bo'lgan fuqaro Nafisa Qurbonova yaqinda oilaviy korxona tashkil etdi, - deydi mahalla fuqarolar yig'ini raisi Xursandoy Isrofilova. – Natijada 10 ta yangi ish o'rni yaratildi. Bu yerda kuniga ayollar uchun 35-40 ta kurtka tayyorlanib, bozorga chiqarilyapti.
Muxtasar aytganda, mahalla aholisi orasida ishsizlik muammosi bilan qiynalayotgan fuqarolar yo'q.
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi
Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.