Rossiya IIV muhojirlarga transport vositasini boshqarish va pul oʻtkazishni taqiqlashni taklif qildi. Mamlakatda muhojirlar uchun yana qanday cheklovlar tayyorlanmoqda?


Foto: Коммерсантъ
Rossiya Ichki ishlar vazirligi noqonuniy migrantlarning hayotini murakkablashtiradigan va ular uchun nazorat ostida boʻlish tartibini joriy etuvchi qonun loyihasini tayyorladi. Bu esa ularga avtomobil haydash, haydovchilik guvohnomasini olish va pul oʻtkazishni taqiqlashi mumkin. Bundan tashqari, Rossiyaning bir qator hududlarida 2024-yildan boshlab cheklovlar qoʻllanila boshlaydi va bu mehnat ruxsatnomasi boʻlgan chet elliklarga ham taʼsir qiladi.
Nazorat ostida qolish rejimini Rossiyada qolishga qonuniy huquqiga ega boʻlmagan muhojirlarga nisbatan qoʻllash taklif qilinmoqda. Ularni tegishli reestrga kiritish rejalashtirilgan. Buning sababi vaqtinchalik yashash va yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashi, chegarani noqonuniy kesib oʻtish yoki viza, vaqtinchalik boshpana va fuqarolikni bekor qilish boʻlishi mumkin.
Qonun loyihasiga koʻra, reestrga kiritilgan muhojirlar yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻta olmaydi, koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkaza olmaydi va avtomashina sotib olmaydi, roʻyxatdan oʻtkaza olmaydi yoki egalik huquqini boshqalarga oʻtkaza olmaydi. Bundan tashqari, noqonuniy muhojirlar uchun avtomobil haydash huquqini cheklash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ular haydovchilik imtihonini topshira olmaydi yoki haydovchilik guvohnomasini almashtira olmaydi. Boshqa cheklovlar orasida bank hisobini ochish, pul oʻtkazish va turmush qurish mumkin emas.
Rossiya Davlat Dumasi Ichki ishlar vazirligining noqonuniy migrantlar uchun cheklovlar boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Deputat Sulton Hamzayev bu fikrni asosli va haqiqatga mos deb atadi.
“Bu cheklovlarni jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan hamma narsani huquqiy maydonga olib kirish uchun qoʻllab-quvvatlash kerak. Gap, birinchi navbatda, Rossiya qonunchiligiga 100 foiz rioya qilish haqida ketmoqda”, — dedi parlamentariy va bu qonun loyihasiga albatta ovoz berishini taʼkidladi.
Davlat Dumasi muhojirlarga shifokor, oʻqituvchi, farmatsevt va taksi haydovchisi boʻlib ishlashni taqiqlamoqchi
Joriy yilning oktyabr oyida “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” partiyasi Davlat Dumasiga muhojirlarga, jumladan, mamlakatga qonuniy yoʻl bilan kelganlarga taʼlim, tibbiyot, farmatsevtika va taksida ishlashni taqiqlovchi qonun loyihasini kiritgan edi.
Tushuntirish xatida Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi oʻsishda davom etayotgani qayd etilgan. Shu bilan birga, ularning ish haqi ruslarning ish haqiga teng boʻldi va Rossiya iqtisodiyoti uchun foydali boʻlishni toʻxtatdi. Bundan kelib chiqib, deputatlar iqtisodiy faoliyatning har bir turida xorijiy ishchilarning ruxsat etilgan ulushini besh foizgacha cheklashni taklif qildilar.
Oʻz navbatida, Davlat Dumasi spikeri oʻrinbosari Pyotr Tolstoy rus tili davlat tili boʻlmagan mamlakatlar fuqarolari jamoat joylarida ishlamasligi kerakligini aytdi.
“Agar rus tili sizning davlat tilingiz boʻlmasa, kechirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari jamoat joylarida — haydovchi, sotuvchi va ayniqsa Yandex kuryerlari sifatida ishlamasligi kerak. Bunday masʼuliyatli ish ular uchun emas”, Davlat Dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy.
Rossiyaning qator hududlarida muhojirlarga oziq-ovqat sanoatida ishlash taqiqlanmoqda
Shu yilning noyabr oyida Chelyabinsk viloyati 2016-yilda joriy etilgan barcha yoʻnalishlarda muhojirlarning taksi va yoʻlovchi avtobuslarini boshqarishiga qoʻyilgan taqiqni uzaytirdi. Ushbu chora patent asosida ishlaydiganlarga ham tegishli.
10 noyabr kuni Tula viloyati ham 2024-yildan boshlab muhojirlarga jamoat transportini boshqarishni taqiqlash rejasini eʼlon qildi. Bundan tashqari, xorijliklar umumiy ovqatlanish va alkogol, tamaki mahsulotlari, oziq-ovqat va ichimliklar chakana savdosida ishlay olmaydi. Bugun, 28 noyabr kuni viloyat gubernatori Aleksey Dyumin bu haqdagi tegishli hujjatni imzoladi.
Taʼkidlanishicha, chet el fuqarolarining boʻlish tartibini kuchaytirish viloyat aholisiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi. Yangi qoidalar faqat Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlarga nisbatan qoʻllanilishi va Rossiyada vaqtinchalik propiska yoki propiskaga ega boʻlgan shaxslarga taʼsir qilmasligini taʼkidladilar.
Shuningdek, 2024 yilning yanvar oyidan boshlab muhojirlar Magadan viloyatida jamoat transporti va taksi haydovchisi sifatida ishlay olmaydi. Viloyat rahbari Sergey Nosov tomonidan imzolangan hujjatga koʻra, transport kompaniyalari uch oy muddatda barcha xorijliklarni ishdan boʻshatishlari shart.
Rossiyaning amaldagi qonunchiligiga koʻra, Rossiya bilan vizasiz rejim mavjud boʻlgan mamlakatlar fuqarolari Rossiyada ishlash uchun patent olishlari kerak. Xususan, Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan patent asosida ishlaydi.
AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu
Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi
Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold