calendar 27 Nov 14:55
eye 116
comments 0
comments Manba: zarnews

Samarqandda eng ko'p ipoteka krediti ajratilgan hududlar maʻlum qilindi

image

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi aholini uy-joy bilan taʻminlash borasida ajratilayotgan ipoteka kreditlari tahlilini taqdim etdi.

Unga ko'ra, 2023 yilning 10 oyi davomida viloyatda tijorat banklari tomonidan 3 825 nafar shaxsga 976,3 mlrd. so'mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Kreditlarning 36 foizi xotin-qizlarga berilgan. Shuningdek, 1 110 nafar yoshlarga 298,7 milliard so'm ipoteka kreditlari ajratilgan.

➖ 2 750 nafar fuqarolarga birlamchi uylar sotib olish uchun 679,4 mlrd. so'm kredit mablag'lari ajratilgan;

➖ 1 075 nafar fuqarolarga ikkilamchi uylar sotib olish uchun 296,9 mlrd. so'm kredit mablag'lari ajratilgan.

Xususan, 2023 yilning 10 oyi davomida ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag'lari 60,8 mlrd. so'm, bank o'z mablag'lari orqali 229,7 mlrd. so'm, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi "Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5886-sonli farmoni (яngi tartib) doirasida 630,7 mlrd. so'm hamda Moliya vazirligi mablag'lari hisobidan 55,1 mlrd. so'm to'g'ri keladi.

▪️Shuningdek, 2023 yilning 10 oyi davomida 2 541 nafar fuqaroga "Yangi tartib" doirasida 630,7 mlrd. so'm ipoteka krediti ajratilgan. Shu jumladan, uy-joy sotib olish uchun subsidiya xabarnomasini olgan 1 367 nafar fuqaroga 366 mlrd. so'm ipoteka kreditilari ajratilgan.

✔️Jumladan, 2023 yilning 10 oyi davomida 3 825 nafar fuqaroga ajratilgan ipoteka kreditlarining yosh tasnifi bo'yicha:

➖ 18 – 30 yoshgacha 901 nafar yaʻni 24 foizni tashkil etadi.

➖ 31 – 50 yoshgacha 2 583 nafar yaʻni 67 foizni tashkil etadi.

➖ 51 – yoshdan yuqori 341 nafar yaʻni 9 foizni tashkil etadi.

🏠Ipoteka kreditlari eng ko'p ajratilgan hududlar.

1️⃣ Samarqand shahar - 718,1 mlrd. so'm;

2️⃣ Jomboy tumani - 43,2 mlrd. so'm;

3️⃣ Kattaqo'rg'on shahar - 34,9 mlrd. so'm.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
45
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg