calendar 27 Nov 11:56
eye 110
comments 0
comments Manba: zarnews

Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 1 million 50 ming etib belgilanmoqda

image

Fuqarolarga pensiya taʻminlashda va yetkazib berishda qulay sharoitlar yaratilmoqda. Har oyning dastlabki kunlaridayoq, pensiyalar, nafaqalarning egalariga yetkazib berilayotgani inson omiliga eʻtibor, uning qadr-qimmatining oshib borayotganidan dalolat beradi.

Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdorining oshirib borilayotgani esa fuqarolar turmush farovonligining yaxshilanishiga xizmat qilayapti.

Keyingi oylarda odamlar o'rtasida ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning navbatdagi oshirilishi qachon amalga oshirilishi haqida savollar paydo bo'lgandi.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 17 noyabrdagi "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida"gi Farmoni asosida bunday savollarga to'liq javob topiladigan bo'ldi.

Farmonga ko'ra, joriy yilning 1 dekabridan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshiriladigan bo'ldi. Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori 372 ming so'm, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 725 ming so'm, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 1 million 50 ming etib belgilanmoqda.

Prezident farmoni natijasida 4,5 million nafar fuqaroning pensiyasi va nafaqalari miqdori  ko'payadi. Bu 2023 yil hisobidan ikkinchi marta ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshirilishi bo'ladi. Umumiy hisobda esa yil mobaynida 14,5 foizga oshirilgani eʻtiborlidir.

Fazliddin Jabborov,

Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Kattaqo'rg'on shahar bo'limining boshlig'i.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
45
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg