"Birinchi raqamlilar maydonda": Hokim va sektor rahbarlari o'rtasidagi futbol musobaqasiga jamoatchilik eʻtibor qaratmoqda

Ehtimol, rahbarlar o'rtasidagi bunday musobaqalar ilk marta o'tkazilayotgani uchunmi shahar, tumanlar hokimlari va sektor rahbarlari ishtirokidagi mini futbol musobaqasi ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olindi. Qolaversa, mazkur musobaqaning ayni paxta mavsumiga to'g'ri kelgani, ko'p yillar davomida masʻul tashkilotlar rahbarlari bu vaqtda dalada bo'lgani ham nazardan chetda qolmadi.
Xo'sh, tarmoqlarda baʻzan samimiy, goh yumor bilan kutib olingan bu musobaqa qanday tashkil etildi?
Musobaqa viloyat hokimi tomonidan shu yil avgust oyida tasdiqlangan nizomga asosan uyushtirilgan bo'lib, viloyatda davlat idoralari rahbar xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini va sportni keng targ'ib qilish, ularning hamkorligini yanada mustahkamlash, ish jarayonida bir-birlarini yaqindan tushunishlarini taʻminlash, sport o'yinlari orqali barchani sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish kabi maqsadlar ko'zlangan.
Viloyat hamda shahar, tumanlar 5 ta sektor rahbarlari va ularning o'rinbosarlaridan iborat jamoalar o'rtasida mini-futbol bo'yicha "Viloyat hokimi kubogi" bellashuvlari shu yilning 21 sentyabr kuni boshlandi.
Ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 4 ta hududda (Samarqand va Kattaqo'rg'on shaharlari hamda Ishtixon va Tayloq tumanlaridagi stadionlarda) o'tkaziladigan guruh bosqichida 17 jamoa ishtirok etdi.
Qurʻa natijalariga ko'ra,
"A" guruhidan Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Oqdaryo, Samarqand va Bulung'ur tumanlari;
"V" guruhidan Kattaqo'rg'on shahri, Paxtachi, Kattaqo'rg'on va Pastdarg'om tumanlari;
"S" guruhidan Tayloq, Jomboy, Qo'shrabot va Narpay tumanlari;
"D" guruhidan Ishtixon, Nurobod, Payariq va Urgut tumanlari jamoalari o'rin olgan.
Musobaqa jadvaliga asosan o'yinlar qizg'in davom etmoqda. Yarim final va final o'yinlaridan lavhalar tayyorlash ko'zda tutilgan.
Final uchrashuvlari 6 oktyabr kuni Past Darg'om tumanidagi futbol maktabi o'yingohida o'tkaziladi va g'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi
Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi
Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnirlar boshlandi
O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida o'tayotgan 'UNG Meeting Continental' turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajasidagi turnir bo'lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga mo'ljallangan.Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo'yicha 'Suv parisi' Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat spo
Bu yil kim “oltin bola” boʻladi?
Yevropada eng iqtidorli yosh futbolchilarga beriladigan 'Golden Boy' mukofoti 2025-yilgi nomzodlar roʻyxati maʼlum boʻldi. 2003-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan ushbu mukofot Yevropaning eng yirik klublarida toʻp surayotgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan biriga topshiriladi.Dastlab Italiya nashri 'Tuttosport' tomonidan tashkil etilgan mukofotga hozirda 'LʻEquipe' (Fransiya), 'Bild' (Germaniya) va 'The Times' (Angliya) kabi ommaviy axborot vositalari ham baho berishda isht
Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi
Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.