Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan Maktabgacha taʼlim agentligida tadbir boʻlib oʻtdi


Bugun agentlik binosida davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!» degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin soʻzga chiqib, “Mamlakatimizning oʻttiz ikki yillik tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, qisqa davr ichida, ayniqsa uning oxirgi olti yilligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotida tub islohotlar va burilishlar davri boʻlayotganligini sezmoqdamiz. Xususan taʼlim-tarbiya sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqdaki, kelajak avlodni yetuk barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish maqsad qilingan.
Mana shu qisqa davr mobaynida mamlakatimizning bosib oʻtgan murakkab yoʻlini, uning erishgan muvaffaqiyatlari-yu, rivojlanishning sekinlashish davrini eslashimiz va bunda taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlarga, erishilgan natijalarga xolisona baho berishimiz, ushbu natijalar mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishimiz va kelajak avlodlarga haqqoniy qilib yetkazishimiz kerak” – deya taʼkidladi.
Shuningdek, A.Shin “Yurtimizga xalqimizga barchamizga mustaqillik muborak boʻlsin” – deya oʻz soʻzini yakunladi.
Shundan soʻng Maktabgacha taʼlim agentligi direktori maslahatchisi X.Buriyev soʻzga chiqdi va quyidagilarni maʼlum qildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq bugun mamlakatimizda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik sanasi “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!» degan gʻoya negizida baland ruh va koʻtarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda.
Aynan 1991-yil 31-avgust kuni xalqimiz oʻz Vatani, taqdiri va kelajagiga oʻzi egalik qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Dunyo xaritasida “Oʻzbekiston Respublikasi” degan yangi suveren va mustaqil davlat paydo boʻldi.
Oʻtgan tarixan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qatʼiyati bilan milliy oʻzligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va anʼanalarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari oʻzgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrniga ega boʻldi.
Qarorda keng koʻlamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilayotganligi alohida qayd qilingan.
Chindan ham bugungi kunda mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan, yangilangan Konstitutsiyamizning qabul qilinishi el-yurtimiz Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Tadbir yakunida yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoʻshish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi boʻlishidan qatʼiy nazar, eng asosiy vazifalaridan boʻlib qolmogʻi lozimligi taʼkidlandi.
“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda
Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,
Shavkat Mirziyoyev turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Shu yil 9-aprelda bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari yurtimizning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra ko'paytirish mumkinligini ta'kidlagan edi.Shunday xushmanzara joylardan biri ' Bo'stonliqdagi 'Chorvoq darvozasi' majmuasi. Prezidentimiz o'tgani yili dekabrda uning qurilishini borib ko'rgan edi, yaqinda loyihaning bi
Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo
Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi
Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j