Navoiyda noqonuniy ravishda qum-shagʻal qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi


Navoiy viloyatida Qiziltepa tumani Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari, tuman prokuraturasi hamda IIB xodimlari hamkorligida “Ziyokor” mahallasining choʻl hududida nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida fuqaro Sh.R. oʻz boshqaruvidagi ekskavator yordamida noqonuniy ravishda qum-tosh aralashmasini kavlab olayotgani aniqlandi va toʻxtatildi.
Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga nisbatan 3 mln 300 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi
2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k
Shavkat Mirziyoyev JBIC boshqaruvchisini qabul qildi
Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa