Oʻzbekistonda yil davomida amaldorlarning davlat moliyasidan qancha mablagʻni oʻzlashtirgani aytildi


“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining sakkizinchi boʻlimi “korrupsiyaga oid jinoyatlar” degan yangi atama bilan toʻldirilib, 15 turdagi jinoyat tarkiblari korrupsiyaga oid jinoyatlarga kiritilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun aybdor shaxsga nisbatan jazo choralarini yanada kuchaytirish maqsadida, jinoyatlar mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmoqda.
“Pora olish”, “pora berish” va “pora olish-berishda vositachilik qilish” qilmishlar uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalarining uchinchi qismi sanksiyasi ogʻirlashtirilib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Statistika boʻyicha mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018-yilda 556 milliard, 2019-yilda 1,858 trillion, 2020-yilda 500,1 millard., 2021-yilning 9 oyida 658 milliard soʻm moddiy zarar yetkazilgan. Mazkur qonun loyihasi bilan mansabdor shahslarga nisbatan choralar kuchaytirilmoqda. Yaʼni “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish”, “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish”, “Hokimiyat harakatsizligi”, “Mansab soxtakorligi” va “Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi” jinoyatlar agar “gʻarazgoʻylik” niyatida sodir etilsa, korrupsiyaviy jinoyat hisoblanishi belgilanib, mazkur harakatlar uchun ogʻirroq jazolar belgilanmoqda.
Shuningdek, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash uchun hukm qilingan, biroq jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni toʻliq qoplamagan shaxslarga hamda poraxoʻrlik bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tatbiq qilinmasligi nazarda tutilmoqda.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga yengillashtiruvchi normalarni qoʻllashni cheklash maqsadida, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish muddatlari ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan korrupsiyaviy jinoyatlar uchun 10 yil, ogʻir va oʻta ogʻir korrupsiyaviy jinoyatlarga nisbatan esa tatbiq etilmaydi.
Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi 'Xalqlar doʻstligi' sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 'Bitiruvchi ' 2025' tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz
“Qoʻyliq” bozorida Qizil kitobga kiritilgan ilonlar noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
Reyd davomida 'Qoʻyliq' bozori hududida Qizil kitobga kiritilgan 5 ta sharq boʻgʻma iloni noqonuniy sotilayotganligi maʼlum boʻldi. Ilonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirilgan.Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yaʼni 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.Shuningdek, reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boshqa hayvon va qushlar ham aniqlan
Toshkentda soxta oltin quymalarini 70 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
Maʼlum qilinishicha, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar X.U. va A.D. umumiy ogʻirligi 2,06 kg boʻlgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga oʻxshatib tayyorlangan (999,9 asllik belgisi tamgʻasi muhrlangan) metallarni sotmoqchi boʻlgan.Ular oʻzaro til biriktirib M.S va R.L.ga metallarni 70 ming dollarga sotishga kelishgan. Firibgarlar pullar hisobidan 35 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-mo