calendar 18 Jun 21:55
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Qoʻyliq” bozorida Qizil kitobga kiritilgan ilonlar noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

image
Reyd davomida 'Qoʻyliq' bozori hududida Qizil kitobga kiritilgan 5 ta sharq boʻgʻma iloni noqonuniy sotilayotganligi maʼlum boʻldi. Ilonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirilgan.

Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yaʼni 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boshqa hayvon va qushlar ham aniqlanib, tabiatga qoʻyib yuborildi. Huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda choralar belgilandi.

Avvalroq 'Navoiy' chegara bojxona posti noyob ilonlarni chet davlatga olib oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik. Unda Qizil kitobga kiritilgan, tabiiy populyatsiyani saqlash maqsadida himoya qilinadigan 15 dona 'Kolvar' turiga mansub tirik ilonlar olingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

08 Jun 02:26
 
28
0
xs.uz

Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j

31 May 08:49
 
47
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad