Foto: Sayyohlar e’tiborini jalb etuvchi dunyo shaharlari arxitekturasining o‘ziga xosliklari

Zamonaviy shaharlar kosmik tezlikda rivojlanmoqda. Ko‘p qavatli binolarda barpo etilgan bog‘lar, rang-barang shaharlar, hayratlantiruvchi ko‘priklar va balandlikda joylashgan hovuzlar buning isboti. Yaxshiyamki, zavqlanish hamda foydalanish uchun ajoyib binolarni yaratadigan mutaxassislar bor.
Shahar gullari – Isroil
Foto: AdMe
Ushbu jonli qurilmalar Quddusdagi Vallero maydonida o‘rnatilgan. Ular eski shahar hududlarini yangilash loyihasining bir qismidir. Arxitektorlar tomonidan o‘ylab topilgan bu gullar har safar odamlar uning ostidan o‘tganda ochiladi, hech kim bo‘lmasa, so‘lib qoladi. Maydon gullar bilan yanada go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Qizil eshiklar – Shotlandiya
Foto: AdMe
Shotlandiyada ko‘pincha kirish eshiklari qizil rangga bo‘yalgan. Shunday qilib, uy egalari to‘lovni to‘liq to‘lagani va ushbu turar joyning huquqli egasiga aylangani haqida xabar beradi.
Polsha va Litva o‘rtasidagi portal
Foto: AdMe
Polshaning Lyublin shahri va Litva poytaxti Vilnyus aholisi endi raqamli portal orqali bir-birining hayotini kuzatishi mumkin. Bu doimiy ravishda mamlakatlar o‘rtasida translyatsiya qiluvchi kameraga ega katta dumaloq ekran. Loyiha ijodkorlari kelajakda bunday portallarni butun dunyo bo‘ylab o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Uylar devoridagi ulkan freska – Meksika
Foto: AdMe
Meksikaning kichik Pachuka shahri uzoq vaqtdan beri xavfli joyga aylangan. U yerda qashshoqlik va jinoyatchilik avj olgan, bu mahalliy aholining hayotida aks etdi. Ammo bu bir guruh faollarga yoqmadi va ular mahalliy hokimiyatni shaharga yangi hayot kiritishga ko‘ndirdi. 200 ga yaqin ko‘p qavatli xaroba uylar iste’dodli ko‘cha rassomlari tomonidan san’at asariga aylantirildi.
Marketxol – Niderlandiya
Foto: AdMe
Marketxol ham turar joy, ham ofis binosi bo‘lib, uning asosiy xususiyati yopiq bozor maydonidir. Loyiha ot taqasi shaklida yaratilgan bo‘lib, uning ichki qismi xarid qilish joylari uchun tom vazifasini bajaradi.
Zamonaviy kutubxona – Xitoy
Foto: AdMe
Xitoyning Tiyaszin Binxay kutubxonasi madaniy shahar hududini yaratish bo‘yicha yirik loyiha doirasida qurilgan. Sharsimon auditoriya va kaskadli kitob javonlarini o‘z ichiga olgan arxitektura obyektining maydoni 33 700 kvadrat metrni tashkil etadi.
Juyi ko‘prigi – Xitoy
Foto: AdMe
Uzunligi 100 metr, 140 metr balandlikda joylashgan ko‘prik 2019-yilda qurilgan. Loyiha shu qadar ajoyib ediki, dastlab ko‘plab sayyohlar ushbu tuzilmaning mavjudligiga shubha qildi. Ammo tubsizlik ustidan osilgan ko‘prik haqiqat ekanligi ma’lum bo‘lgach, bu me’moriy mo‘jizani ko‘rishni istaganlarning soni ortdi. Ko‘prik muhim ijtimoiy funksiyani ham bajaradi. U sun’iy Juyi orolini materik bilan bog‘laydi, suv, gaz va elektr energiyasini uzatishga xizmat qiladi.
Royal mehmonxonasi – Singapur
Foto: AdMe
Royal mehmonxonasi Singapur markazida joylashgan bo‘lib, bog‘lar bilan bezatilgan. Manzara xuddi sehrlangan o‘rmondek taassurot qoldiradi.
Vertikal bog‘ – Ispaniya
Foto: AdMe
Madrid xiyobonlaridan biridagi vertikal bog‘ shaharning tashqi ko‘rinishini bezashdan ko‘ra insonlarning zavqlanishiga ko‘proq xizmat qiladi. Yam-yashil o‘simliklar gaz ifloslanishini kamaytiradi, havo namligi va kislorod darajasini oshiradi.
Samoviy hovuz – Buyuk Britaniya
Foto: AdMe
Sky Pool – Londondagi ochiq hovuz bo‘lib, u 35 metr balandlikdagi turar joy majmuasining ikkita obyekti orasida joylashgan. Ushbu uylarning aholisi Temza, Britaniya parlamenti va boshqa diqqatga sazovor joylarning ajoyib manzarasini tomosha qilib, suvda suzishlari mumkin.
Zavoddan parkka – Avstraliya
Foto: AdMe
Ushbu markaziy park Sidney chekkasida joylashgan. Bu bino avvallari pivo zavodi bo‘lgan, hozir esa ekologik toza turar joy binosiga aylandi. Uning yuzasida vertikal bog‘lar va o‘simliklar mavjud. Bino, shuningdek, kam uglerodli elektr stansiyasi va ichki suv aylanma inshooti bilan jihozlangan.
Daraxtdagi uy – Italiya
Foto: AdMe
Italiyaning Turin shahridagi turar joy binosi beton o‘rmon o‘rtasidagi haqiqiy vohaga o‘xshaydi. Unga 150 tup daraxt va boshqa ko‘chatlar ekilib, bino aholisining iqlim sharoitini yaxshilangan.
“Tropik orol” – Germaniya
Foto: AdMe
“Tropik orol” akvaparki Berlin yaqinida joylashgan. Bu maskanda haqiqatan yana ko‘p narsalar mavjud. U yerda sharsharalar, yam-yashil tropik bog‘lar, kichik orollar va ekzotik kulbalarni ko‘rish mumkin. Bu okeandagi haqiqiy orol inson tomonidan yaratilgan me’moriy mo‘jiza ekaniga ishonish qiyin.
Kanzas jamoat kutubxonasi – AQSh
Foto: AdMe
Kanzas kutubxonasi kitob javoni ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, uning balandligi 7-8 metr bo‘lgan 22 jilddan iborat. Bino bir vaqtlar bankka tegishli bo‘lgan, biroq keyinchalik rekonstruksiya qilish va kutubxonani bu yerga ko‘chirishga qaror qilingan. Shahar aholisiga yangilangan obyektning bezagi va faxriga aylanadigan adabiy asarlarni tanlash taklif qilindi.
Mavzuga doir:
- Janubiy Koreya har bir sayyohda unutilmas taassurotlar qoldirishini isbotlovchi suratlar
- Misrda piramida, plyaj va mehmonxonalardan qiziqarliroq narsalar ham borligini isbotlovchi suratlar
- Yevropadagi eng katta palma bog‘i, antiqa zinapoya, qoya ichidagi shahar: O‘z sirlarini faqatgina sinchkov sayyohlargagina ochuvchi Ispaniyaga sayohat (foto)
- Yangi Zelandiyada kamchiliklarni kunduzi chiroq yoqib ham topib bo‘lmasligini isbotlaydigan suratlar
- Fillar uchun maxsus bog‘, baliq ovlash an’anasi va tarixiy obidalar: Shri-Lankaning 15 mo‘jizasiga fotosayohat
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-