calendar 30 Nov 14:31
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir

Toshkentda moliyaviy piramida taʻsischilari ushlandi

image
image

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB "Golden Caш story" MChJ ko'rinishdagi xorijiy korxona va uning mansabdor xodimlariga nisbatan pul mablag'larini jalb etishga doir noqonuniy faoliyat bilan bog'liq moddalar bilan jinoiy ish qo'zg'atdi. 

Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti Matbuot xizmatining maʻlum qilishicha, Ukraina fuqarosi 29 yoshli M.M Toshkent shahrida "Golden Caш story" MChJ shaklidagi xorijiy korxona taʻsis etgan. So'ngra bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, korxonaning asosiy faoliyat ulgurji savdo bo'lsada, pul mablag'lari va mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat bilan shug'ullanib kelgan. 

Maʻlum qilinishicha, "Golden Caш story" MChJ ushbu korxonaga tilla va kumush buyumlarini investitsiya tariqasida kiritgan taqdirda, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tilla va kumush mahsulotlarini sotish orqali orttirgan daromadlaridan har kuni 2 foiz, yiliga 260 foizdan daromad berib borish bilan odamlarni qiziqtirib, fuqarolardan 100 dollardan 5 300 AQSh dollarigacha bo'lgan narxdagi tilla va kumush buyumlarni qabul qilgan. 

Shuningdek, "Golden Caш story" MChJ mijozlar oldidagi majburiyatlarini yangi mijozlar hisobidan go'yoki daromad sifatida plastik kartalariga maʻlum miqdorda pul mablag'larini o'tkazish yo'li bilan qiziqtirib, respublika bo'yicha minglab fuqarolarning juda ko'p miqdordagi pul mablag'larini qo'lga kiritgan. Qayd etilishicha, ular o'z faoliyatlarini targ'ibot-tashviqot qilishda internet tarmoqlaridan foydalangan. 

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan "Golden Caш story" MChJ ko'rinishdagi xorijiy korxona va uning mansabdor xodimlariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari (pul mablag'larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoiy ish qo'zg'atilgan. 

Xabarga ko'ra, hozirda mazkur jinoyat ishi bo'yicha fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jinoyat ishi doirasida "Golden Caш story" MChJning mansabdor shaxslari: M.M., v.K.,S.T., A.S., va X.Sh., larga 1881-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari bilan ayblov eʻlon qilinib, har biriga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergovni Tergov departamenti olib bormoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
26
0
xs.uz

“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag

16 Apr 09:12
 
35
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari

22 Mar 08:54
 
64
0
xs.uz

Xiva: Ichan qal’a – tarix va zamon ko‘zgusi

Xiva ' ming yillar bag'rida sayqallangan tarixiy shahar. Uning yuragi bo'lmish Ichan qal'a esa betakror me'moriy yodgorliklari bilan bugun ham o'z maftunkorligini yo'qotmagan. Ushbu qadimiy qal'a nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon madaniy merosining durdonalaridan biri sifatida e'tirof etiladi.Ichan qal'a devorlari ichida qad ko'targan madrasalar, masjidlar va minoralar ko'hna shon-sharafdan so'zlaydi. Ko'hna yo'laklardan yurib, Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta Minor, Juma masjidi singari t

16 Apr 15:12
 
40
0
xs.uz

“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi

Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar