calendar 28 Nov 13:20
eye 43
comments 0
comments Manba: zamin

Davron Kabulov kashf etgan isteʻdod Farruh Fazel — boyning bolasi emasligi, Rossiyada muhojir bo'lgani haqida

image
Foto: Instagram / @fazel_farrukh
Farruh Fazel «Bor ana» va «Rolex Gucci» qo'shiqlariga ishlangan kliplar bilan o'zbek shou-biznesida «portlab» chiqqandi. U ijodiy mahsulotdan mablag' ayamaydigan ijodkor ekanini ko'rsatgani bilan ko'pchilikning eʻtiboriga tushgandi. Negadir keyingi paytlarda xonanda ijodida sokinlik hukm surmoqda. Nargizaxon Murodova ijodkor bilan suhbatlashib, bunga oydinlik kiritdi.

«Fazel taxallus emas, familiyam»
— Fazel taxallusingizmi degan savolni ko'p berishadi. Yo'q, bu mening familiyam. Millatim afg'on bo'lgani bois to'liq ism-sharifim Farruh Fazel Haq. Oilamizda ijodkorlar yo'q. Dadam kichik biznes bilan shug'ullanadi. Onam esa ancha yillardan buyon ayollar sartaroshi bo'lib ishlaydi. Oilada uch o'g'ilmiz, ikki ukam bor.

Sanʻatga bolaligimdan qiziqqanim uchun maktabni tamomlab, Toshkent estrada-tsirk kollejiga o'qishga kirdim. Kollejni tamomlagach, sanʻatkor bo'lish fikridan qaytdim. Bunga moddiy imkoniyatimning yetarli emasligi sabab bo'ldi.

«Boyning bolasi emasman!»

— Instagram’dagi rasmlarimni ko'rib ko'pchilik meni boyning bolasi deb o'ylaydi. Aslida Chirchiqdagi oddiy, kamtarona oilada ulg'ayganman. Kollejni tamomlach, hayotimni o'zgartirgim keldi. Shu bois, Rossiyaga ishlashga ketdim. 2012 yildan muhojirlik kunlarim boshlangan. O'sha yili pulim yo'qligi uchun institutga ham hujjat topshirmadim. Bir yarim yil qurilishda ishlab, o'qishga hujjat topshirish uchun pul to'pladim. U yerda ishlash oson emas, muhojirlikda pul topayotgan insonlarning dardini juda yaxshi tushunaman.

«Yuridik sohani tanladim»

Foto: Instagram / @fazel_farrukh
— Erkak kishi jiddiyroq kasbda ishlashi kerak, deb yuridik sohani tanladim. To'rt yil tahsil olib, 2017 yili Toshkentga qaytib keldim. Besh yildan ortiqroq vaqt mobaynida xorijda yashab, dunyoqarashim ham o'zgardi. Hayotga yanada, real ko'z bilan qarashga o'rgandim. Ammo O'zbekistonda egallagan mutaxassisligim bo'yicha ishlay olganim yo'q. Ammo qachondir yurist bo'lib ishlash niyatim bor. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

«Davron Kabulov prodyusserim»

Foto: Instagram / @fazel_farrukh
Davron Kabulov bilan qarindoshimning to'yida uchrashib qolganmiz. Qo'shiqlarimni eshitib, hamkorlikda ishlashni taklif etdi. Davron akaning g'oyasi asosida 2020 yili «Bor ana» qo'shig'i va klipini yaratdik. Munisa Rizayeva ham Davron akaning taklifiga ko'ra klipda suratga tushib berdi. «Yosh ijodkorni qo'llab-quvvatlaymiz», — degandi. Undan keyin «Rolex Gucci» klipini yaratdik. Klip g'oyasi ham Davron Kabulovga tegishli. Ikki klip ham katta byudjyet evaziga suratga olingan. Bu mablag'lar prodyusserim Davron Kabulov tomonidan sarflangani uchun ularning qancha ekanini bilmayman.

«Million bilan ovora»
Keyingi paytlarda Davron aka «Million» jamoasining kontserti bilan ovora bo'lib qoldi. Shu bois, biroz uzilish bor. Ammo ijodni to'xtatganim yo'q. Yaqin kunlarda «Sog'indim yana» qo'shig'iga ishlangan klipim namoyish etiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
206
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
730
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
604
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
576
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri