Samarqandda yanvar–oktabr oylarida bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik, firibgarlik va bezorilik jinoyatlari soni oshgan

Samarqand viloyati hududida 2021-yilning 10 oyi yakuniga ko‘ra qayd etilgan jami jinoyatlar soni 1 830 taga (3487/5317), jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 1291 taga (1908/3199) oshgan. Bu haqida xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 48-sessiyasida Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shavkat Rahmonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Jinoyat turlaridan qotillik 9 taga (34/43), og‘ir tan jarohati yetkazish 20 taga (70/90), nomusga tegish 15 taga (35/50), bosqinchilik 5 taga (4/9), talonchilik 10 taga (10/20), o‘g‘irlik 255 taga (258/513), firibgarlik 401 taga (431/832), bezorilik 32 taga (36/68), yo‘l transport hodisalari 257 taga (568/825), o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari 56 taga (179/235) ko‘paygan.
Shuningdek, mast holatdagi shaxslar 31 taga (116/147), muqaddam sudlanganlar 35 taga (266/301), voyaga yetmaganlar 19 taga (34/53), yoshlar 356 taga (655/1011), xotin-qizlar 100 taga (212/312), ishsizlar 157 taga (421/578) tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oshgan.
Shavkat Rahmonov ma’lum qilishicha, 2021-yilning 10 oyi davomida Samarqand viloyatidagi 1114 ta mahallaning 428 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. 254 tasida jinoyatlar soni barqaror saqlangan. 432 tasida jinoyatlar oshgan. Biroq, o‘tgan davr mobaynida viloyatdagi mahallalarning 686 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Aniqlangan holatlarning 254 tasi “sariq” (jinoyat barqaror va kamaygan) toifaga va 432 tasi “qizil” (jinoyat oshgan) toifalarga ajratilgan.
Samarqand viloyatida jinoyat sur’ati oshgan mahallalar:
- Jomboy tumanida – 52,6 foizini (38 tadan 20 tasi),
- Samarqand tumanida – 45,9 foizini (74 tadan 34 tasi),
- Past Darg‘om tumanida – 45,8 foizini (107 tadan 49 tasi),
- Narpay tumanida – 43,9 foizini (57 tadan 25 tasi),
- Payariq tumanida – 43,1 foizini (65 tadan 28 tasi),
- Oqdaryo tumanida – 42,9 foizini (35 tadan 15 tasi),
- Kattaqo‘rg‘on shahrida – 41,7 foizini (36 tadan 15 tasi),
- Nurobod tumanida – 41 foizini (39 tadan 16 tasi),
- Paxtachi tumanida – 39 foizini (59 tadan 23 tasi) tashkil etgan.
Shavkat Rahmonovning ta’kidlashicha, jinoyat sur’ati oshgan mahallalarda hamkorlikdagi profilaktik ishlarni olib borish maqsadida viloyat IIB, prokuratura, Milliy gvardiya, sog‘liqni saqlash va mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari bilan hamkorlikda jinoyat oshgan, ya’ni “qizil toifa”ga kiritilgan mahallalarga ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari biriktirilgan.
Mavzuga doir:
- Namanganda ikki erkak o‘rtasidagi janjalni to‘xtatmoqchi bo‘lgan profilaktika inspektori pichoqlandi
- Andijonda 9 yoshli qo‘shni qizni o‘ldirganlikda ayblanib, viloyat sudi tomonidan oqlangan ayolga Oliy sudga protest kiritilganidan keyin jazo tayinlandi
- Ko‘zlari o‘yilib, yuragiga pichoq sanchilgan, g‘alati anglashilmovchilik sabab “vaqtincha tirilgan”. Qashqadaryoda eri tomonidan o‘ldirilgani aytilayotgan 32 yoshli ayol voqeasi haqida
Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi
Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o
Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida mamlakatimizda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta'sis etish to'g'risida bitim imzolandi.1958-yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.Ta'kidlash joiz, ofisning Toshkent shahrida ochilishi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, O'zbekistonda va umuman Ma
BOShQARMADA MATBUOT ANJUMANI
Yaqinda Navoiy viloyati IIBda tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov viloyat IIBning 2024-yildagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, sohaga raqamli texnologiyalar va innovasion yondashuvlarning joriy etilishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning,
Yemirilishga chidamli va mustahkamlik darajasi yuqori
Kuni kecha mazkur loyiha doirasida to'g'on yuvish galereyasida yemirilishga chidamli va mustahkamlik darajasi yuqori bo'lgan (M800) beton quyish ishlari amalga oshirildi.'Suv omboridan yillik qattiq oqimni (suvda erigan va tubda to'plangan cho'kindilar) yuvish jarayonida umumiy hajmi 1 mln.m³ bo'lgan suv GES binosi va beton to'g'on ichida joylashgan yuvish galereyasi orqali o'tkaziladi. Bu jarayonda yuvish galereyasi inshootining kontakt yuzasiga katta gidrostatik yuklama ta'sir qiladi.Asosiy i