25 mingdan 1,5 million so‘mgacha: “Xalqlar do‘stligi” saroyida yil oxirigacha o‘tkaziladigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

Konsert-tomoshalarga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingach, karantin sabab qoldirilgan konsert dasturlari namoyishi boshlandi. Quyida yil so‘ngiga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert chiptalarining narx-navosiga qiziqdik.
Foto: Instagram
Qiziqchi Avaz Oxunning konsert dasturidan so‘ng rus estradasi vakillari HammAli va Navaining konsert dasturi namoyish etiladi. 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan konsert biletlari 250 ming so‘mdan, 750 ming so‘mgacha narxda sotuvga chiqarilgan. Sotuv onlayn tarzda ham amalga oshirilmoqda.
Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov
21–24-noyabr kuni Bunyodbek Saidovning “Xalqim bilan” nomli konsert dasturi namoyish etiladi. Konsert biletlari 20 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarildi. Ammo hozir balkondan tashqari bo‘lgan joylardan bilet xarid qilish muammo. Old qatorlardagi biletlar allaqachon sotib bo‘lingan.
Tohir Sodiqov, Rayhon, Shohrux reper, Munisa Rizayeva va Shohruxxon ishtirokidagi “7 yulduz” gala-konsert biletlari 2020-yildan sotuvga chiqarilgan edi. Uzoq kutishlardan so‘ng nihoyat konsert 26—30-noyabr va 1—2-dekabr kunlari namoyish etiladi. Konsert biletlarini 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilish mumkin.
Foto: Instagram
Turk xonandasi Mustafo Sandalning 4-dekabr kuni “Humo arena” muz saroyida o‘tkaziladigan konsert dasturi biletlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi kassasida ham sotilmoqda. Biletlar afishalarda yozilganidek 150 ming so‘mdan boshlanmaydi, aksincha shu summada yakunlanadi. Eng yaxshi o‘rinlarni 1 500 million so‘mdan xarid qilish mumkin.
Foto: Instagram / @dizayn_shou_official
“Dizayn” kulgi jamoasining 4—13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert biletlari 35 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga qo‘yilgan. Jamoaning avvalgi yillardagi konsertlariga nisbatan bu yilgisiga talab u qadar yuqori emas. Pulingizga qarab istalgan o‘rinni band qilishingiz mumkin.
Foto: Instagram / @alisherfayz_official1
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz konsertining biletlar savdosi havas qilgudek. 14—19-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturining biletlari deyarli sotib bo‘lingan. Faqat sahnaning chekka qismidagi biletlarni 150 ming so‘mdan va balkonning yuqori qatorlaridagi joy biletlarini 30 ming so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Foto: Instagram / @nodirbek_hayitov_official
Har yili bir necha kunlab konsert beradigan qiziqchi Nodirbek Hayitov bu yil bir kunlik konsert bilan kifoyalandi. “Odamlar nima deydi?” deb nomlangan konsert 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Konsertda yoshlar orasida ommalashgan qoraqalpog‘istonlik qo‘shiqchi Osman Navro‘zov mehmon sifatida ishtirok etadi. Chipta narxlari boshqa konsertlarga qaraganda ancha arzon. Hamyoningiz ko‘targancha, 25 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin.
23—24-dekabr kunlari “Tarona shou” konsert dasturi namoyish etiladi. Afishalarda qaysi san’atkorlar chiqishi ochiqlanmagan konsert biletlarini 30 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin.
Foto: Instagram
26—27-dekabr kunlarini opera xonandasi Jenisbek Piyozov band etgan. Konsert uchun chiptalarni 25 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin. Biletlar hali serob.
28—29-dekabr kunlari “Yangi yil yulduzlar davrasida” nomli konsert dasturi o‘tkaziladi. Mazkur konsert uchun ham 25 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda chiptalarni xarid qilishingiz mumkin. Bu tomosha ishtirokchilari nomi e’lon qilinmaganligi uchunmi, talab yuqori emas. Chiptalar savdosi anchagina sust.
Yilning eng so‘nggi tomoshasi doimgidek bolajonlarga bag‘ishlanadi. “Yangi yil qaroqchilari” deb nomlangan konsert dasturining chiptalari boshqa konsertlarga qaraganda ancha arzon. Chiptalar ochiq kassada emas, hamkorlar ko‘magida sotiladi.
Ha aytgancha, yo‘q deyilayotgan konsert biletlari doimgidek ko‘chada topiladi. Faqat kassa narxidan biroz qimmatga sotib olasiz.
Mavzuga doir:
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg