calendar 23 Oct 18:10
eye 43
comments 0
comments Manba: daryo

11 jang 6 ta nokaut. Mahmud Murodovga tegishli promoushen Toshkentda ilk musobaqasini o‘tkazdi

image

Toshkent shahrida 22-oktabr, juma kuni MPL (Muradov Professional League) promoushenining dastlabki musobaqasi o‘tkazildi.

Foto: “Olamsport”

MMA kechasining asosiy jangida Shohasan Mirzamatov va Aleksandr Yankovich o‘zaro to‘qnash keldi. Unda Mirmamatov ochkolar bo‘yicha serbiyalik raqibidan ustun keldi.

Yana bir asosiy jang Ramazon Temirov va Talgat Jumagaliyev o‘rtasida kechdi. Unda Temirov ochkolar evaziga qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

MMA oqshomidagi 11 jangdan 7 tasi muddatidan avval yakunlandi. Musobaqada qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Asosiy kard:

  • Shohasan Mirzamatov ochkolar bo‘yicha Aleksandr Yankovichdan ustun keldi;
  • Ramazon Temirov ochkolar evaziga Talgat Jumagaliyevni mag‘lub etdi;
  • Bogdon Guskov 1-raunddayoq Vadim Litvinni nokaut bilan yutdi;
  • Bobur Qurbonov 2-raundda Zaripbek Daniyarni nokautga uchratdi;
  • Shukir Sagnay ochkolar evaziga Bahodir Bakiyevni yengdi.

Prelim kard:

  • Islom Kamolov 2-raundda Bagish Zarmamatovni og‘ritish usuli bilan taslim etdi;
  • Jahongir Najmiddinov 3-raundda Kadir Dalkironni texnik nokaut evaziga yutdi;
  • Muhiddin Mamajonov 3-raundda Nurshat Auelbayevni nokautga uchratdi;
  • Umar Karimov raqibi Mederbek Kadiraliyevni nokaut bilan taslim qildi;
  • Mamatali Bayatsan ochkolar evaziga Murod Bakiyevni mag‘lub etdi;
  • Timur Salimov 1-raunddayoq Iskandar Saxvatshinni texnik nokaut bilan taslim qildi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
68
0
xs.uz

22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi

22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter

04 Apr 16:20
 
61
0
xs.uz

“Osiyo futbolining darajasini ortiqcha baholamaslik kerak” — Qozogʻiston bosh murabbiyi Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqishga yaqinligi haqida gapirdi

Qozogʻiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ali Aliyev Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionati yoʻllanmasiga yaqinlashgani borasida oʻz fikrlarini bildirdi.'U sportnews.kzga bergan intervyusida'Markaziy Osiyo terma jamoalari saralashdagi ishtirokiga toʻxtalib oʻtdi.Aliyev Lixtenshteyn ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida qatnashib, mintaqadagi jamoalarning uslubi va natijalari haqida gapirar ekan Markaziy Osiyo davlatlarining mundialga bo

12 Apr 21:16
 
49
0
xs.uz

Los-Anjeles — 2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar kiritildi

Amerikaliklar avvalgi O'yinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning o'rniga qirg'oqbo'yida kechadigan yo'nalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.To'liq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).Sohilbo'yi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.

18 Apr 11:08
 
647
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.