Rasul Kusherbayev UzAuto Motors Cobalt’ni o'rindiq isitish modulisiz taklif qilganini tanqid qildi. Kompaniya bunga javob qaytardi

UzAuto Motors yarimo'tkazgichlar tanqisligi sabab Cobalt’ni xaridorlarga o'rindiq isitish modulisiz, 1 million so'mga arzonroq yetkazib berishni taklif qilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev buni isteʻmolchilar huquqlarini buzish deb baholadi.
Rasul Kusherbayev o'z tanqidida quyidagi bir qator savollarni o'rtaga tashlagan:
Kompaniya nega boshqa mamlakatlar avtomobil sanoatiga o'xshab avval avtomobilni ishlab chiqarib keyin sotuvga chiqarmayapti? Nega yo'q narsaga oldindan pul oladi?
Kompaniyaning isteʻmolchiga ko'rsatmagan xizmat yoki bermagan tovari uchun oldindan haq to'lab ishlashi halol va qonuniymi?
Kompaniya nuqsonli tovar bergani yoki isteʻmolchiga vaqtida tovarni bermagani uchun neustoyka(penya) ham to'lashi kerak. Buning hisob-kitobi bormi?
Deputat, shuningdek, «Isteʻmolchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunning 19-moddasida «Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek, ish bajarishni (xizmat ko'rsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda ijrochi isteʻmolchi har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bo'lsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bo'lsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to'laydi», degan norma borligini bildirib o'tgan.
UzAuto Motors deputatning tanqidiga javob qaytarib, kompaniyaning pozitsiyasi xaridorlarga tanlov huquqini berish — avtomobilni o'rindiq isitgichi optsiyasiz 1 million so'm kompensatsiya bilan qabul qilib olish yoki yetishmayotgan detalning yetkazilishini kutish ekanligini maʻlum qildi.
Munosabatida to'liq komplektatsiyali avtomobilni yetkazib berish muddati o'z kuchida qolishi taʻkidlangan.
«Yarimo'tkazgichlarning tanqisligi, ishlab chiqarishning qisqarishi, navbatlar — butun dunyo avtomobilsozlik sanoati krizis davrni boshdan kechirmoqda. UzAuto Motors ham bundan mustasno emas. Yarimo'tkazgich komponentining yetishmovchiligiga to'xtaladigan bo'lsak, bu yuzaga kelgan vaziyat fors-major bandiga to'g'ri keladi. Fors-major holatlar yuzaga kelganda jarimalar ko'zda tutilmagan», — deyiladi UzAuto Motors xabarida.
Shuningdek, avtomobilni xarid qilish shartnomasida isteʻmolchi to'lovni to'liq qaytarish sharti bilan mahsulot xarididan voz kechishi, almashtirishi yoki komplektatsiya o'zgargani uchun qayta hisob-kitob qilishi ko'rsatilgan 2.4 band borligi qayd etilgan. «So'nggi tanlov xaridorda qoladi. Isteʻmolchi huquqi hurmat qilinadi», — deb taʻkidlangan xabarda.
Bundan tashqari, kompaniya o'rindiq isitgichi modulisiz beriladigan avtomobil nuqsonli («brak») deb atalmasligini bildirdi.
«Qo'shimcha optsiyaning yo'qligi yaroqsiz hisoblanmaydi. Ushbu qonunda ‘brak’ (yaroqsiz) so'zining o'zi umuman yo'q. Xalq saylagan deputat ‘brak’ (yaroqsiz) so'zi bilan mahsulotdagi yetishmovchilikni nazarda tutgan ko'rinadi. ‘Isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida’gi qonunning 19-moddasiga binoan, mahsulotdagi yetishmovchilik — bu mahsulotni to'liq maqsadli ishlatilishidagi kamchilikdir. Yaʻni hurmatli deputat, o'rindiq isitgichisiz avtomobildan foydalanib bo'lmaydimi? Bundan ko'rinib turibdiki, deputat ko'rsatgan qonunini o'zi o'qimagan.
Noto'g'ri talqin, o'zboshimchalik bilan xulosa chiqarish, fuqarolarni chalg'itish UzAuto Motors ekspertlarida xalq deputati o'z mamlakatining qonunchiligini bilishiga jiddiy shubha uyg'otdi. Shunday qilib, biror-bir deputat normativ hujjatlarni o'zicha talqin qilib, ixtiyoriy ravishda yoki beixtiyoriy o'z aholisini norozilikka chaqirishga qanchalik haqli?», — deya yakunlangan UzAuto Motors munosabati.
Kompaniya yarimo'tkazgichlar tanqisligi sabab ishlab chiqarish keskin tushib ketgani va oqibatda yetkazib berish muddati ham uzayganini may oylarida maʻlum qilgandi.
UzAuto Motors’ning har bir avtomobilida 100—300 ta yarimo'tkazgichlardan foydalanilgan ehtiyot qismlar mavjud. Ular spidometr, elektr kuchaytirgich, magnitola, shuningdek, navigatsiya va boshqa joylarda ishlatiladi.
Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida'xabar bergan edik.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni'maʼqullagan.Maʼlumot uchun, Kam
Prezident Toshkentdagi zamonaviy savdo majmuasini borib koʻrdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan 'High Town City' majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo'lib,
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan