calendar 06 Oct 17:20
eye 41
comments 0
comments Manba: zamin

"Niqob" taqqan erkak yoxud telekanallarda o'zbekchilik qolmagan(mi?)

image
So'nggi paytlarda televizordagi xususiy kanallar soni ortdi. Bu esa ular o'rtasida raqobat yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Natijada o'zaro sog'lom raqobat tufayli ana shu kanallarda namoyish etilayotgan ko'rsatuvlar saviyasi yaxshilanadi, degan umidimiz bor edi. Lekin...

Kuni kecha «Sevimli» telekanali orqali efirga uzatilgan bir ko'rsatuv ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Ayoli bilan bo'ladigan intim munosabatlar haqida televizorga chiqib olib gapirayotgan bu «erkak» va ana shunaqa ko'rsatuvlarni uyalmay efirga berayotgan telekanal masʻullari boshqa tomondan malomat qilinmoqda. Darhaqiqat piar, «prosmotr» uchun deb yotoqdagi gaplarni ham kamera qarshisida gapirib o'tirish qachondan beri normal holatga aylandi?

Bunaqa ko'rsatuv tayyorlash fikri kimdan chiqdi ekan? Katta ehtimol bilan bu Rossiya telekanallaridan «birga-bir» ko'chiradigan mualliflarning tashabbusi bo'lsa kerak. Chunki kanallarimizdagi aksariyat ko'rsatuvlar rus kanalaridan ko'chirilishini rad etib bo'lmaydi. Ko'chirganda ham milliyatchilik, mentalitet kabi omillarni hisobga olmasdan to'g'ridan-to'g'ri ko'chiriladi. Mayli, g'oyani olsin, stsenariyni ko'chirsin, lekin o'zbekchilikni ham unutmaslik kerak-ku, axir!

Odatda, televizorni oila davrasida ko'riladi. Tasavvur qiling, butun boshli oila o'zining «sevimli» kanalini tomosha qilib o'tirsa-yu, bir erkak chiqib, «men ayolim bilan birga bo'lganda qoniqmayman, maslahat bering, nima qilay?» deb begona bir ayolga savol berib tursa! Eng kamida qizarish va oila davrasini tark etish mumkin. Lekin keyingi safar yana televizor qarshisida to'planganda xijolat chekadigan ayol-qizlarning holati qanday bo'ladi, deb o'ylaysiz?

Yuqoridagi erkakning savolini eshitgan psixolog ayol esa miyig'ida kulib qo'ydi. Aslida bunga kulish kerakmi yoki yig'lash? Yuziga niqob taqib olsa, hamma narsani gapirish mumkin degani emas-ku. Gapirayotgan odamda niqob bo'lsa, uni eshitayotganlarning yuzi ochiq turibdi. Shu gapni o'zini xotiniga ayta olmay necha millionlab odam ko'radigan televideniyeda aytish uchun kishining ongi, saviyasi yoki axloqi qanchalik darajada past bo'lishi kerak?

Eng achinarlisi esa o'sha erkak xotini bilan o'zaro munosabatlardan qoniqmayotgani uchun «o'zini ko'chaga chiqib qondirayotgani», yaʻni zino qilayotganini baralla aytayotganidir. Aslida odamlar kichik bir gunoh qilsa ham uni boshqalardan yashirib, Allohga tavba qiladi.

Lekin bu kabi eng og'ir gunohlardan birini qilayotganini millionlab odamlarga bayon qilayotgan kishi go'yoki bu normal holatdek xotirjam gapiryapti. Aslida shunday axloqsizliklarning avj olishiga ham hyech tap tortmay gunoh ishga qo'l urish sabab bo'ladi. O'sha kishi Allohdan qo'rqqanida ko'chaga chiqib zino qilayotganini bamaylixotir gapirib bermasdi, nazarimda.

Bu mana shu kabi ko'rsatuvlarning bittasi. Lekin bundaylar soni kundan-kun ortib borayotgani achinarli holat. Bu telekanallar kimgadir er, kimgadir xotin topib berib o'tiradiganlarning ko'rsatuvi va yana shunday mantiqsiz lavhalar bilan efir vaqtini to'ldirishdan boshqasiga yaramayapti. Xalqning maʻnaviyati, ongi va milliyatini buzadigan bunday ko'rsatuvlarga katta mablag'lar sarflanishi ham bor gap.

To'g'ri, so'nggi yillarda odamlar axborot olishda televizordan ko'ra ko'proq smartfonlardan foydalanmoqda. Biroq telekanallarning taʻsir doirasi yo'qolgani yo'q. Xususiy telekanal degani xohlaganini ko'rsatishga huquq bermaydi. Normal jamiyatda esa mana shunday ko'rsatuvlar namoyish etiladigan kanalning reytingi tushib ketishi kerak. Tomoshabinlar mana shunday kanallardan voz kechishi kerak.

Xorijda shu kabi holat (yaʻni tomoshabinlarni noqulay holatga soluvchi yoki axloq doirasidan tashqaridagi ko'rsatuvlar namoyishi) kuzatiladigan bo'lsa, o'sha kanalga boykot eʻlon qilinadi. O'z o'rnini yo'qotgan TV rahbarlari esa o'sha ko'rsatuv muallifi va boshqa masʻullariga chora ko'radi, tomoshabinlardan uzr so'raydi. Bizda esa tomoshabinlar talab qilaveradi, telekanal ham o'z bilganidan qolmaydi.

Holat qanchalik ekanligini anglash uchun o'zingizni o'sha "qoniqmayotgan" erkak o'rniga qo'yib ko'ring. Siz millionlab odamlarga qarata shunaqa gap ayta olarmidingiz? Yoki prodyusser bo'lsangiz, shunaqa ko'rsatuv suratga olarmidingiz? Ishonamanki, javoblarning barchasi «yo'q» bo'ladi.

Chunki bu millat uyat nimaligi, jamoat oldida nimalarni gapirsa bo'ladi-yu, nimalarni sir saqlash kerakligini yaxshi biladi. Xalqimiz «og'ziga kelganini demoq nodonning ishi», deydi. Hushiga kelgan ishni qilib, og'ziga kelganini gapirayotgan o'sha televileniyadagilar do'ppini bir chetga qo'yib, nimalar qilayotganini yaxshiroq o'ylab ko'rishsa bo'lardi...

Manba: Azon.uz


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

YEGANDEK BO‘LDIM

«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya

20 Mar 12:50
 
31
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

12 Apr 21:16
 
328
0
xs.uz

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg