calendar 05 Oct 06:51
eye 48
comments 0
comments Manba: zarnews

Davlat fuqarolik xizmatchisi tanlov asosida qabul qilinadi

image

 Hokim o'rinbosarlari faoliyati samaradorligi avtomatlashtirilgan tizim orqali baholanadi

 Bu amaliyot mutaxassis-kadrlarni ishga olishda shaffoflikni taʻminlash bilan birga tizimda inson omili aralashuvi, tanish-bilishchilik illatiga barham beradi.

 Aslida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga asosan joriy yil 1 yanvardan davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish ochiq tanlov o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu vazifa ijrosini taʻminlash uchun birinchi navbatda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov o'tkazish yo'li bilan ishga qabul qilish uchun yagona tizim, yaʻni Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) ishga tushirildi.

Tizim orqali bugungi kunga qadar viloyat bo'yicha 322 nafar xodim o'tkazilgan ochiq tanlovlarda g'olib bo'lib, ishga qabul qilindi. Tanlov asosida ishga qabul qilingan mazkur xodimlarning 30 nafari birinchi marotaba davlat fuqarolik xizmatiga ishga joylashtirilgan. Bu Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) orqali vakant lavozimlar uchun o'tkazilayotgan tanlovlarda nomzodlarga asosiy talab mehnat staji emasligini ko'rsatib turibdi. Bundan tashqari, joriy yilning 14 sentyabr holatiga viloyat bo'yicha portalda 20 ta ish staji so'ralmaydigan vakant lavozimlarga ochiq tanlovlar eʻlon berilgan.

To'g'ri, bugungi kunda davlat boshqaruv organlari va tashkilotlarning davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/)ga ulanish jarayonlari to'liq yakuniga yetmagan. Misol uchun, viloyatdagi 39 ta davlat boshqaruv organlari va tashkilotlar, 17 ta mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda umumtaʻlim maktablari (1148 ta) tizimga ulangan. Bu jarayon davlat fuqarolik xizmatiga kiruvchi barcha davlat boshqaruv organlarini to'liq qamrab olinishi bilan o'z yakuniga yetadi.

Portalga ulangan tashkilotlarning katta qismini umumtaʻlim maktablari tashkil etayotgandek ko'ringani bilan tashkilotlardagi ochiq tanlovga qo'yilishi lozim bo'lgan shtatlar soni nuqtai nazaridan qaralganda, 39 ta tashkilotning umumiy shtatlari soni 6,5 mingtani tashkil etadi. Umumtaʻlim maktablaridagi ochiq tanlovga qo'yilishi lozim bo'lgan shtatlar soni esa 1148 ta.

Qayd etish lozimki, ochiq tanlovlar to'rt bosqichdan iborat bo'lib, yaʻni eʻlon berish, malaka talabi bo'yicha ko'rib chiqish, test orqali nazariy bilimlarini sinovdan o'tkazish hamda tanlov komissiyaning suhbat bosqichlarini tashkil etish murakkab jarayon hisoblanadi. Ochiq tanlovlarni sifatli va qonuniy o'tkazish ko'proq kadr xizmati rahbarlarining bilim va amaliy ko'nikmalariga bog'liq. Ochiq tanlovlarni o'tkazish ko'nikmalari shakllanmasdan ommaviy tarzda hamma tashkilotlarni bir vaqtning o'zida tizimga ulanishi ko'plab qonunbuzilishlariga va boshqa oqibatlarga olish kelishi mumkin. Shu bois, tizimga ulash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirini taqozo etadi.

Darvoqe, ochiq tanlovlarni o'tkazish jarayonlarida ayrim muammolar yuzaga kelganiga qaramasdan tizim doimiy ravishda takomillashtirib kelinmoqda. Jumladan, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarini ochiq eʻlon berib borish uchun rasmiy kanal (t.me/vacancy_argos), o'tkazilayotgan ochiq tanlovlarni onlayn kuzatib borish (t.me/vacancёnline), tanlovlar g'oliblari bilan muntazam tanishib borish (t.me/vacancy_winners), ochiq tanlovlar yuzasidan o'z taklif va muammolarini bildirish (t.me/vacancy_argos_bot) hamda ariza, taklif, shikoyatlarini (t.me/murojaat_argos_bot) yuborish imkoniyatlari yaratildi.

Bulardan ko'zlangan asosiy maqsad davlat fuqarolik xizmatiga ishga olishda inson omilini kamaytirish, shu orqali tanish-bilishchilikni, korruptsiyani, adolatsizlikni oldini olishga erishishdan iborat.

Shu o'rinda yana bir gap. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi qarori bilan "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to'g'risida"gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur hujjatga asosan sektorlar faoliyatini baholashda "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" bilan ishlash natijadorligi, "Mahallabay" ishlash tizimining yuritilish holati, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi, tadbirkorlikni rivojlantirish, jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-maʻnaviy muhitni sog'lomlashtirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligiga alohida eʻtibor qaratiladi.

Inson omilini kamaytirish, reyting natijalarini soxtalashtirish hamda ko'rsatkichlarni sunʻiy oshirishning oldini olish maqsadida sektorlar faoliyati samaradorligi ko'rsatkichlarini hisoblash va baholash bo'yicha avtomatlashtirilgan dasturiy taʻminot – "sector.reyting.uz" onlayn axborot tizimi ishlab chiqildi. Joriy yilning 1-choragida baholash (reyting) natijalariga ko'ra viloyatdagi birorta ham tuman yoki shaharlar "yashil" hududga kirmagan. Yarim yillik natijalariga ko'ra esa 6 ta - Paxtachi, Narpay, Samarqand, Ishtixon, Jomboy, Qo'shrabot tumanlari "yashil" hududga kirgan, "qizil" hududda esa viloyatimiz vakillari qolmadi.

Umuman, dunyo tajribasida rivojlangan 31 davlatning boshqaruv tizimida eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlar (KPI)dan keng foydalanib kelinmoqda. Yurtimizda tuman (shahar) hokimlari o'rinbosarlari va sektor rahbarlari faoliyati shu yo'l bilan baholanmoqda. Buning natijasida dastlab tuman (shahar) hokimlari o'rinbosarlari faoliyati 167 ta vazifa va 88 ta ko'rsatkichlar asosida baholangan bo'lsa, takomillashtirilishi natijasida vazifalar soni 59 taga va ko'rsatkichlar soni 72 ta kamaytirildi.

Umuman, boshqaruvda samaradorlikka erishish uchun birinchi navbatda, elektron hukumatni tezroq rivojlantirib, raqamli iqtisodiyotga tezroq o'tishni taqozo qilmoqda. Shu bois, hozirgi kunda agentlik tomonidan tuman (shahar) hokimlari o'rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari asosida baholash tizimi - https://kpi.argos.uz/ rasmiy sayti yaratilgan. Saytga maʻlumotlarni o'z vaqtida va haqqoniy kiritilishini taʻminlash maqsadida qolgan idora va tashkilotlar bilan integratsiyalashtirish jarayonlari olib borilmoqda.

Tizimini qolgan barcha sohalarda joriy etilishiga erishsak jamiyat rivoji va boshqaruv samaradorligini oshirishda qo'yilgan eng muhim va katta qadam bo'ladi.

Rustam Qobilov,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
69
0
postda.uz

IZLANUVCHAN INSPEKTOR

– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilik­ning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion

20 Mar 12:54
 
67
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu

16 Apr 09:12
 
27
0
xs.uz

Dollar kursi yana biroz “qimirladi”

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'11,33 soʻmga'oshdi va'12 980,89 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'45,51 soʻmga'pastlab,'14 722,93 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,58 soʻmga'oshdi va'185,40 soʻmni'tashkil qildi.