Surxondaryoda haydovchi YPX xodimini Lacetti kapotida 4 kilometrgacha sudrab ketdi (video)

Unda aytilishicha, voqea 13 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Qumqo'rg'on tumanida yuz bergan. Tumanning «Surxon sohili» MFY hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Lacetti haydovchisi T.X. yo'lning qatnov qismida sababsiz to'xtab, sunʻiy tirbandlik hosil qilgani sababli ushbu avtomashina haydovchisining yoniga borib, o'zini tanishtirgan va tegishli hujjatlarni taqdim etishni, mashinani yo'lning chetiga olishini aytgan.
Haydovchi inspektorning qonuniy talabini bajarmasdan avtomashinani uning ustiga haydagan. Xodim to'xtab turgan avtomashina oldida bo'lganligi sababli uning old kapotiga osilib qolgan. Harakatlanib borayotgan avtomashina old qismida bo'lgan YPX inspektori haydovchini bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan uni, taxminan, 3-4 kilometr masofagacha haydab ketgan.
YHXBB xabarida aytilishicha, avtomobil, taxminan, shuncha masofagacha harakatlangandan so'ng xodim yerga qulab tushgan. Inspektor tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʻlum qilishicha, holat yuzasidan Qumqo'rg'on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
Oʻzbekiston Fransiyadan 14 ta yangi “Airbus” samolyotini xarid qiladi
Bu borada elchilarimiz ishtirokida boshqa davlatlarda ham targʻibot ishlarini faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.Masalan, Xitoyning eng olis provinsiyalari, Gonkongdan ham sayyohlar kelishni boshladi. Yoki, Polshaga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani uchun ushbu mamlakatdan sayyohlar 7 karra oshdi, butun Sharqiy Yevropadan turist olib kelish imkoni paydo boʻldi.Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy 'Airbus' samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishildi, 'Boei
Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak
Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b
Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo
Tungi klubda bir necha kishini kaltaklagan shaxs Qozogʻistondan ekstraditsiya qilindi
Toshkentdagi tungi klubda sherigini himoya qilishga uringan erkak ayovsiz kaltaklanishi oqibatida komaga tushib qolgani haqida'xabar berilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan erkak tergovdan qochib, qoʻshni Qozogʻistonda'qoʻlga olinganidan'soʻng, Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati'maʼlum qildi.Bildirilishicha, hozirda Akmal Shukurov Qozogʻiston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilingan va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.'Mazkur hol