calendar 22 Sep 12:51
eye 58
comments 0
comments Manba: zarnews

Kiyev yaqinida Zelenskiyning birinchi yordamchisi mashinasi o'qqa tutildi

image

Ukraina prezidentining birinchi yordamchisi Sergey Shefirning hayotiga suiqasd uyushtirildi. Uning mashinasi nomaʻlum shaxslar tomonidan o'qqa tutildi. Hukmron "Xalq xizmatkori" partiyasi deputati Evgeniy Shevchenko Telegram kanalida aytganidek, Shefir jabrlanmagan, lekin uning haydovchisiga uch marta o'q tegib yaralangan. Hozir u og'ir ahvolda reanimatsiyada.

Ukraina ichki ishlar vazirligi Shefir bo'lgan mashinani o'qqa tutish faktini tasdiqladi va otishma uyushtirganlar qidiruvi boshlanganini eʻlon qildi. "Ukraina prezidentining birinchi yordamchisining mashinasiga o'q uzgan shaxslarni qidirish ishlari olib borilmoqda, politsiya maxsus operatsiya o'tkazmoqda", deyiladi vazirlik Twitter‘ida. Ichki ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha, mashinaga 10 ta o'q uzilgan.

Ukraina bosh prokurori Irina Venediktovaning so'zlariga ko'ra, hodisa yuzasidan "ikki yoki undan ortiq odamni o'ldirishga urinish" bo'yicha jinoiy ish ochilgan.

Shefir Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning azaliy do'sti hisoblanadi. OAV maʻlumotlariga ko'ra, u davlat rahbarining kunlik jadvalini boshqaradi. "Kvartal-95" studiyasining direktori va asoschisidir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-