calendar 10 Sep 15:31
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir

11 sentyabr terakti qanday bo'lgandi? AQSh Maxfiy xizmati eksklyuziv suratlarni eʻlon qildi

image
image

Amerika Qo'shma Shtatlarining Maxfiy xizmati 2001 yil 11 sentyabr terakti amalga oshirilganiga 20 to'lishi arafasida dunyoni larzaga keltirgan va XXI asrning eng mudhish qirg'ini sifatida tarixga kirgan terroristik aktga oid maxfiy suratlarni eʻlon qildi. Rasmlar xizmatning Twitter’dagi sahifasida paydo bo'ldi. 

Ushbu rasmlar fojia yuz bergan joyda ishlagan xizmat xodimlari tomonidan taqdim etilgan va "Biz hyech qachon unutmaymiz" degan heshteg bilan tarmoqqa joylangan.

Maʻlumot o'rnida, 2001 yil 11 sentyabr AQSh tarixida o'chmas "dog'" bo'lib qoldi. Shu kuni Amerikada dunyodagi eng qo'rqinchli va qonli terrorchilik harakati amalga oshirildi. 

Yirik megapolislar Boston, Nyu-York va Vashingtondan havoga ko'tarilgan 4 ta yo'lovchi samolyotlarining boshqaruvini qo'lga olgan bir guruh terrorchilar, Nyu-York shahrida joylashgan egizak binolarga va Virjiniya shtatidagi mamlakat Mudofaa vazirligining shtab kvartirasi – Pentagonga hujum qildi.

Terrorchilarning Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi egizak binolarini qulatishi oqibatida 3 mingga yaqin inson halok bo'lgan, yana 6 mingga yaqin odam jabrlangan. Rasmiy maʻlumotlarga ko'ra, Nyu-Yorkda – 2753, Vashingtonda – 189, Pensilvaniyada – 44 kishi vafot etgan. Halok bo'lganlar orasida 3 o'zbekistonlik ham bo'lgan. 

Hozirgacha ushbu teraktda qurbon bo'lgan jami 2977 kishidan 1646 nafarining shaxsi aniqlangan, xolos. Qolgan 1106 nafar qurbonning kimligi nomaʻlumligicha qolmoqda.  

11 sentyabr xurujidan beri o'tgan qariyb 20 yil davomida Nyu-Yorkning Manhyetten tumani gullab-yashnadi. Shaharda qayta qurish ishlari hanuz davom etmoqda. Mahalliy aholi va sayyohlar Nyu-Yorkning tinch va xavfsiz ekanidan mamnun, ammo 2001 yilgi fojia ko'pchilikning qarashlarini o'zgartirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:55
 
83
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст