Qoʻqon davlat pedagogika institutida AQSHlik oʻqituvchi talabalarga dars berishi kutilmoqda


Foto: “Xalq soʻzi”
Mamlakatimizda chet tillarini oʻqitish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning ijrosini taʼminlash va oʻquv jarayoni sifatini oshirish ishlari doimiy eʼtiborda.
2021-yil 9-sentyabr kuni AQSH elchihonasining madaniyat boʻyicha mutaxassisi Sara Talalay, amerikalik koʻngilli mutaxassislar Patrik Pause, Eleanor Beyker, Karli Zilge va ELP koordinatori yordamchisi Umida Boltayeva Qoʻqon davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Qoʻqon shahar hokimi M. Usmonov, institut rektori D. Xodjayeva, oʻquv ishlari prorektori N. Joʻrayev hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boʻshligʻi A. Najmiddinov kutib oldi.
Oʻzaro muloqotda shahar hokimi M. Usmonov tomonidan Qoʻqon shahri tarixi, buguni va kelajagi haqida oʻzaro fikr almashildi. Mamlakatlarimiz oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash muhim ekanini alohida taʼkidlandi. Institut rektori D. Xodjayeva taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikdan mamnunligini va bu boradagi hamkorlik aloqalari yanada kengayishi ikki tomonlama manfaatli ekanligiga toʻxtalib oʻtdi. Oʻz navbatida, mehmonlar ham samimiy qabul uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikni izchil rivojlantirishga qaratilgan bunday saʼy-harakatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini taʼkidladi.
Uchrashuvdan soʻng mehmonlar Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurib, u yerda xorijiy tillarni oʻrganish uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv jarayonlari bilan tanishdi.
Qoʻqon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi modemnomasiga asosan ingliz tili mutaxassisi Pavers Patrik Daylan Qoʻqon Davlat pedagogika institutining Inliz tili va adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi assistent lavozimida faoliyat olib borishi kutilmoqda. U asosan I-II bosqich talabalariga “Ogʻzaki va yozma nutq integratsiyalari” fanidan darslar oʻtadi. Bu bosqichda jami 300 nafar talaba tahsil oladi. Bundan tashqari, talabalar uchun «Speaking club» mavzularidagi darsdan tashqari mashgʻulotlar olib borilishi koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yil may oyida AQSH va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasida taʼlim boʻyicha ikkita kelishuvga erishilgan. AQSH Davlat departamenti hamda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi imzolagan hujjatlarda AQSH oliy oʻquv yurtlari hamda Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish uchun moliyaviy koʻmak dasturlarini kengaytirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, 2020-yil 28-sentyabr kuni ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim taraqqiyotiga koʻmaklashish boʻyicha muhim kelishuv imzolangan.
18-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulu
Qadriyatlarga hamohang ayyom
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30
Prezident Buloqboshida mahalliy mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi
Mamlakatimizda xomashyoni qayta ishlab, qo'shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to'qish, bo'yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo'nalishidagi yirik loyihalardan biri.Bu yerda yiliga 4 million 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.''Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan.''Xodimlar malakasini oshirish ham e'tiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg'or uskunalar ish unumdorl
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi
Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani