calendar 04 Sep 13:21
eye 52
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya va Qirgʻiziston mamlakatlaridagi yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

image

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, “Ziyo forum” fan-taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya federatsiyasining Rostov-Don shahrida boʻlib oʻtgan Yevroosiyo iqtisodiy Kengashiga aʼzo davlatlarining Yoshlarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Assotsiatsiyasi I Syezdida ishtirok etdi.

—Mazkur Syezd Yevrosiyo iqtisodiy Kengashiga aʼzo davlatlarning yoshlar jamoat tashkilotlari va kuzatuvchilari oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi v.v.b Shavkat Zayniddinov. —Tashrifimiz mobaynida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, taʼlim va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha oʻzaro fikr-mulohazalar yuritdik. Shuningdek,yoshlar siyosati,ekologiya, turizm, ommaviy axborot vositalari sohalariga doir loyihalarimiz taqdimotini oʻtkazdik.

Syezd doirasida Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Oʻzbekiston yoshlar tashkilotlari oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda yil yakuniga qadar Yevrosiyo iqtisodiy Kengashiga aʼzo davlatlarining Yoshlarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Assotsiatsiyasi yoʻl xaritasi loyihasi muhokama qilindi. Ekspert komissiyasi loyiha hujjatlariga Oʻzbekiston delegatsiyasining yoshlar turizmi va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha takliflari kiritildi.

Tadbir yakunida mamlakatlarning barqaror rivojlanishi jarayonida yoshlarning fuqarolik ishtiroki, shuningdek, yoshlarning mamlakatlararo samarali hamkorligiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshma ikki tomonlama tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan Rossiya Federatsiyasi Yoshlar hukumatlari assotsiatsiyasi va Qirgʻiziston Respublikasi Birlashgan yoshlar tashkiloti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik bitimlari imzolandi.

—Hamkorlik bitimlari orqali ikki mamlakat yoshlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlash, oʻzaro fikr almashish asosida mamlakatlararo yoshlar masalalari sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilganmiz, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Denis Kim. —Hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar tashkil etishni ham kelishib oldik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur

15 Apr 07:06
 
25
0
xs.uz

Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Italiya Prezidenti bosh kotibiyatining 'Gazzetta Ufficiale''hukumat gazetasi rasmiy saytida'eʼlon qilingan'roʻyxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.Aytish joiz, 'Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun' (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat soh

20 Mar 12:53
 
46
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo