calendar 20 Mar 12:54
eye 47
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

image
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.

Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.

Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik' dasturi doirasida kichik va oʻrta biznesga 100 million dollar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 'yashil' va innovatsion loyihalar uchun 200 million dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi ayollar tadbirkorligi uchun 30 million yevro ajratmoqda.

Uchrashuvda ushbu tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari soʻzga chiqib, oʻz fikr va takliflarini aytdi.

Davlatimiz rahbari ular vakillik qilayotgan tuzilmalarga koʻrsatilayotgan koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi, hamkorlik yanada kengayishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini taʼkidladi.

Prezidentimiz bugun muhokama qilingan dolzarb masalalar: raqobatbardosh boʻlish, yangi bozorlarga kirib borish, standart, yangiliklarga oʻqitish, brend yaratish, startaplarni yuzaga chiqarib, koʻpaytirish uchun Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Kichik biznes bilan ishlashga mahalladagi hokim yordamchisi, mahalla bankiridan tortib, banklar, bandlik vaziri hamda Bosh vazir oʻrinbosarlarigacha juda katta tizim safarbar qilingani taʼkidlandi.

Mutasaddilarga, viloyat hokimlariga kichik biznes vakillari bilan samarali muloqotni yoʻlga qoʻyib, ular koʻtargan tizimli masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.

Davlatimiz rahbari kichik va oʻrta biznes vakillari bilan muloqot qildi, ularning fikr va takliflarini tinglab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

'Yangi Oʻzbekistonning biznes salohiyatini oshirishda biz sizlarga ishonamiz.

Bir narsadan koʻngillaring toʻq boʻlsin: Prezident doimo sizlarga eng yaqin koʻmakchi, tayanch va suyanch boʻladi. Sizlar yangilik qilishdan charchamanglar, men qoʻllab-quvvatlashdan charchamayman.

Shu maqsadda bugun muhokama qilingan, sizlarning hamma taklif va tashabbuslaringiz oʻrin olgan farmonni imzolayman. Ushbu farmonning barcha yengilliklari bugundan qoʻshimcha hujjatlarni kutmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amaliyotga kiritiladi', dedi Prezident uchrashuv yakunida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal

23 Mar 16:43
 
52
0
xs.uz

Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda

Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilg

21 Apr 08:34
 
17
0
xs.uz

Toshkent shahrida “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

2025-yil 17-18-aprel kunlari Toshkent shahrida 'Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba' mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.Mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Anjumandan kutilayotgan maq

04 Apr 16:18
 
39
0
xs.uz

Hayotini gazetaga bagʻishlagan fidoyi jurnalist

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumani hokimligi bosh nashri 'Istiqbol yoʻli' gazetasi bosma davriy nashrlar jiddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan keyingi yillarda muntazam ravishda nashr etib kelinayotgani eʼtiborga molik. Boisi, tanqidiy chiqishlari, qilichdek keskir soʻzi bilan tanilgan gazetaning doimiy oʻquvchilari bor.Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati