calendar 13 Aug 10:40
eye 42
comments 0
comments Manba: sof

Jizzaxda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 7 ta it otib o'ldirilgani aytilmoqda. Holatga Ekopartiya izoh berdi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi «it ovlov brigadasi» tomonidan shahar ko'chalarida 7 dona it otib o'ldirilgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Ekopartiya Jizzax shahar Kengashi tomonidan o'rganish olib borildi.

Maʻlum bo'lishicha, shaharning «Olmazor» mahalla fuqarolar yig'ini hududida daydi itlarning haddan ziyod ko'payib ketgani, kechki paytlarda mahalla ahlining ko'chada yurishining imkoni bo'lmay qolgani, itlar odamlarga hujum qilishi kabi holatlar kuzatilgan.

«Olmazor» mahallasi fuqarolari murojaatlariga asosan shu yilning 8 avgust kuni shahar Obodonlashtirish boshqarmasi «It ovlov» brigadasi, Jizzax viloyat IIB boshqarmasi PPX va JTSB Karantin guruhi, shahar veterinariya bo'limi hodimlari ishtirokida qo'shma tadbir o'tkazilgan.

Tadbir davomida mahallaning Navro'z ko'chasidan 2 ta, shahar IIB binosi oldidan 2 ta, ko'p kavatli turar joy binolari atrofidan 2 ta hamda Uchariq ko'chasidan 1 ta daydi itlar belgilangan tartibda ovlanib, shahar chekkasida joylashgan chiqindixona hududida zararsizlantirilgan. 

Eslatib o'tamiz, maʻmuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 111-moddasiga ko'ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish ularning o'limiga yoxud mayib bo'lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, BHMning bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
59
0
postda.uz

XODIMLAR IShTIROKIDA PSIXOLOGIK TRENING

IIV TvaTOXTD mutaxassis psixologi tomonidan Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining ma'naviy-ruhiy holatini yaxshilash maqsadida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi. Treningda asosiy e'tibor jamoada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy ruhiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi. Shuningdek, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishida mas'uliyat hissini yanada oshirish ko‘zda tuti

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

VA’DA MUDDATI TЕRGOVDA «TUGADI»

Harbiy xizmatni Farg‘onadagi xalqaro aeroportda a’lo darajada o‘tagan lavhamiz qahramoni 2019-yili Rossiya Federatsiyasi IIV huzuridagi Belgorod yuridik institutiga o‘qishga qabul qilindi. Huquqshunoslikning nazariy sirlarini puxta o‘zlashtirgan Firdaus Panjiyev yurtga qaytganidan so‘ng Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi lavozimida xizmatni boshladi. Albatta, boshida qiyin bo‘ldi. Rossiyaning o‘rmonga chulg‘angan shahrida o‘rgatilgan kazusla

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekistonda aviatsiya yonilgʻisi ishlab chiqarilishi mumkin

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarini muhokama qildilar. 2019-yildan buyon kompaniya mamlakatimizda qiymati 1,15 milliard dollarlik uchta yirik loyihani amalga oshirdi. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida vodorod va 'Navoiyazot' AJda suyuq karbonat angidrid gazini ishlab chiqarish shular jumlasidandir.Hozirda Buxoroda 200 million dollarlik kislorod va azot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uglerodni saqlash, av