calendar 20 Mar 12:54
eye 56
comments 0
comments Manba: xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.

Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbullashtirish hamda oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyani 5 foizlik targetga tushirish uchun yetarli sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan.

Yil boshidan inflyatsiya darajasi biroz oshib, 2025-yil fevral oyi yakuniga koʻra 10,1 foizni tashkil etdi. Bu oʻsish ayrim tovar va xizmatlar narxlarining koʻtarilishi bilan izohlanadi.

Xususan, yoqilgʻi narxlari, kommunal xizmatlar, transport, taʼlim va tibbiyot xizmatlari tariflari oshgani inflyatsion kutilmalarga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu bois, fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,3 foizga, tadbirkorlik subyektlarining kutilmalari esa 13,8 foizga yetgan.

Oxirgi oylarda xizmatlar inflyatsiyasining yuqori darajada shakllangani iqtisodiyotda yalpi talabning ortib borishi bilan bogʻliq. Xususan, transchegaraviy pul oʻtkazmalari va aholiga ajratilgan kreditlar hajmi oshgani bu jarayonga taʼsir etgan. Bu holat chakana savdo va pullik xizmatlardan tushumlar dinamikasida ham aks etmoqda.

Markaziy bankning taʼkidlashicha, asosiy savdo hamkor davlatlarning valyutalari mustahkamlanishi taʼsirida real samarali almashuv kursi pasayish tendensiyasini namoyon etmoqda va oʻzining oʻrta muddatli trendiga yaqinlashgan. Shu sababli, inflyatsion jarayonlarni maqbullashtirish va iqtisodiyotda muvozanatni taʼminlash maqsadida pul-kredit siyosati qatʼiylashtiriladi.

Bu qaror umumiy talabni muvozanatli shakllantirishga yordam berishi va narxlarga oshiruvchi omillar taʼsirini kamaytirishi kutilmoqda. Shu orqali kelgusi choraklarda inflyatsiya darajasi maʼlum miqdorda sekinlashib, yil yakuniga kelib 7-8 foizga tushishi mumkin.

Markaziy bank 5 foizlik maqsadli inflyatsiya darajasiga erishish uchun pul-kredit siyosati qatʼiyligini saqlab qolishini bildirdi. Agar kelgusi choraklarda inflyatsion bosimlar kutilganidan yuqori boʻlsa, pul-kredit siyosati yanada qatʼiylashtiriladi.

Markaziy bank asosiy stavkani qayta koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishni 2025-yil 24-aprel kuniga belgiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)