
Andijon shahrida “ICE RINK Oʼzbegim” nomi bilan ataluvchi muz saroyi foydalanishga topshirildi. 350 nafar tomoshabinni sigʻdira oladigan saroyda bir paytning oʻzida 50 nafar sportchilar amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishlari mumkin.
— Umuman olganda, viloyatimizda sportning istalgan turi bilan shugʻullanish uchun barcha sharoitlar mavjud ediyu, biroq, muz saroyi yoʻq edi, — deydi Andijon shahrida yashovchi Marhaboxon Nasriddinova. —Yaratilayotgan bu imkoniyatlar nafaqat, sportchilar uchun, balki, aholi uchun ham koʻplab qulayliklarni keltiradi. Zero, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish uchun eng avvalo, shu kabi saroylarimiz, maydonlarimiz boʻlmogʻi kerak. Muz saroyi foydalanishga topshirilganligidan gʻoyatda xursandman!
Yangi saroyda 20x40 oʻlchamdagi tabiiy muz qoplamali sport maydoni, erkaklar va ayollar uchun fitnes zali, majmuaga tashrif buyuruvchilar uchun umumiy ovqatlanish maskani hamda “konki” ijara markazi ham ish olib boshladi
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
“Lion” klubi “Liga 2”ga “badargʻa” qilindi
Fransiyaning 'Lion' klubi moliyaviy muammolar tufayli rasman 'Liga 2'ga tushirilgani eʼlon qilindi. Klub moliyaviy holatini nazorat qiluvchi DNGC tashkiloti vakillari joriy yilning noyabr oyida klubga vaqtinchalik tushirish jazosi tayinlagan edi. Biroq 18-iyun kuni klub rahbariyati, jumladan, asosiy aksiyador Jon Tekstor moliyaviy ahvol yaxshilanganini isbotlay olmagan.Eslatib oʻtamiz, Tekstorga tegishli 'Eagle Football Group' kompaniyasi 'Lion' klubining 77 foiz ulushiga egalik qiladi. Oʻtga
Iliya Topuriya yengil vazn toifasida UFC chempioni boʻldi
Musobaqaning markaziy jangida ikki sobiq chempion ' gruziyalik Iliya Topuriya hamda Braziliya vakili Charlz Oliveyra yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun oktagonga koʻtarildi.Rossiya vakili Islom Maxachev vakant qilib qoldirgan titul uchun kechgan jang 5 raundga moʻljallangan edi, biroq Topuriya Oliveyrani ilk raunddayoq nokaut orqali taslim qildi. U shu tariqa yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi.
Oʻzbekiston Superligasidagi eng qimmat futbolchi kim?
Oʻzbekiston Superligasida toʻp surayotgan futbolchilarning transfer qiymatlari yangilandi. 'Transfermarkt' portalining soʻnggi baholashiga koʻra, bir qator futbolchilarning narxi sezilarli darajada oshgan, ayrimlariniki esa keskin pasaygan. Jumladan, tajribali hujumchi Igor Sergeyevning transfer narxi 200 ming yevroga koʻtarilib, 1 million yevroga yetdi. U 'Paxtakor'ga qaytgach, 12 oʻyinda 10 gol va 2 assistga mualliflik qilib, yuqori saviyadagi formasini isbotladi.Hozirda Oʻzbekiston che
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi
Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d