AQSh Iroqdagi qo‘shinini olib chiqib ketishi haqida e’lon qilishi mumkin

AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy AQSh harbiy missiyasining 2021-yil oxirigacha mamlakatdan chiqib ketishi borasida o‘zaro kelishuvga erishdi. Bu haqda Associated Press xabar qilgan.
Agentlik axborotiga ko‘ra, AQSh harbiylari Iroqdagi jangovar harakatlarda ishtirok etmaydi va mahalliy askarlarni o‘rgatish hamda ularga maslahat berish bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2011-yilda AQSh Iroqdagi harbiylarni olib chiqib ketishni boshlagan, ammo 2014-yilda Mosulga IShID terrorchilari hujum qilganidan keyin yana Iroq hududiga qayta kiritilgandi. 2019-yilda Suriyadagi AQSh harbiylari ham Iroq hududiga o‘tkazilgan. Keyinchalik ularning Qatar yoki Kuvaytga o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Avval sentabr oyiga qadar AQSh harbiylarining Afg‘oniston hududidan chiqib ketishi e’lon qilingan va aprel oyidan qo‘shinning olib chiqib ketilishi boshlangandi, amerikalik harbiylardan tashqari Germaniya, Italiya, Avstraliya hamda NATO harbiylari ham mamlakatdan olib chiqib ketilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi