calendar 09 Jul 09:20
eye 54
comments 0
comments Manba: zamin

«Tolibon» Moskvadagi muzokaralarda Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini buzmaslikka vaʻda berdi

image

Foto: «TASS»
«Tolibon» harakati Rossiya diplomatlarini Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini buzish niyati yo'qligiga ishontirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.

Moskvaga muzokaralar o'tkazish uchun «Tolibon»ning Qatar idorasi delegatsiyasi yetib keldi, unga shayx Shahobiddin Dilovar rahbarlik qildi. «Tolibon»ning Qatardagi vakolatxonasi bir necha yillar davomida guruhning AQSh va Afg'oniston hukumati bilan muzokaralar o'tkazadigan maydoni bo'lib xizmat qilgan.

«Tolibon» vakillari bilan muzokaralarni Moskvada prezidentning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili va ushbu mamlakatdagi sobiq elchi Zamir Kabulov olib bordi.

«Rossiya tomoni Afg'oniston shimoliy tumanlarida keskinlikning oshishi yuzasidan xavotir bildirdi va uning mamlakat chegaralaridan tashqariga chiqishiga yo'l qo'ymaslikka chaqirdi. «Tolibon» esa Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini buzmaslikka vaʻda berdi hamda Afg'oniston hududidagi deiplomatik va konsullik missiyalari xavfsizligini kafolatladi», — deyiladi TIV xabarida.

Qo'shimcha qilinishicha, «Tolibon» boshqa bir terrorchilik guruhi — IShID tomonidan keladigan xavfga qarshi kurashga va «mamlakat hududida narkotiklar ishlab chiqarishni tag-tubi bilan yo'q qilishga» qatʻiy kirishishga so'z berdi.

«Tolibon» vakillari Moskvaga Afg'onistonda ular tomonidan hukumat qo'shinlariga qarshi hujumlar boshlangan bir paytda yetib keldi. Afg'onistondan AQSh o'z qo'shinlarini chiqarib ketishni boshlagach, «Tolibon» o'z jangovar harakatlarini faollashtirdi.

Hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari, xususan, Tojikiston hududiga chekinmoqda, u yerda Rossiyaning o'z hududidan tashqaridagi eng yirik harbiy obʻyekti — 201-harbiy bazasi joylashgan. 5 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afg'oniston bilan chegarada vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Tojikistonga yordam berishni vaʻda qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-